ENRU

Ozodbek Nazarbekov to‘yda pul olishiga izoh berildi

Madaniyat
21
Ozodbek Nazarbekov to‘yda pul olishiga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning to‘y marosimida qo‘shiq kuylab, unga uzatilgan pullarni qabul qilayotgani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu holat yuzasidan Madaniyat vazirligi rasmiy izoh berdi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, video 2025 yil 25 oktyabr kuni vazirlik xodimlaridan birining nikoh to‘yida tasvirga olingan.

Unda vazirga muxlislar tomonidan pul uzatilgani qayd etilgan. Rasmiy bayonotda bu holat oldindan rejalashtirilmagani ta’kidlangan.

Vazirga uzatilgan pullarni qabul qilmaslik to‘y ishtirokchilari tomonidan kamsitish yoki mensimaslik sifatida qabul qilinishi mumkinligi inobatga olingan. Shu sababli, yuzaga kelgan vaziyatga ijobiy munosabat bildirilgani aytilgan.

Vazirlikning qayd etishicha, to‘y marosimlarida xonandalarga pul qistirish amaldagi qonunchilikka zid emas. Bu qadimdan xalqimiz orasida mavjud bo‘lgan milliy urf-odat va qadriyatlarning bir qismi sifatida qabul qilinadi.

Bunday holatlar o‘zbek an’analarida “orzu-havas” deb ataladi. Shuningdek, rasmiylar Ozodbek Nazarbekov nafaqat davlat arbobi, balki taniqli san’atkor ekanini eslatib o‘tishgan.

U O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston xalq artisti unvonlariga ega bo‘lib, xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi hisoblanadi. To‘yda kuzatilgan holat ham uning xonandalik faoliyati bilan bog‘liq ekanini inobatga olish kerakligi ta’kidlangan.

Bayonotda: “Har qanday inson, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, o‘z kasbidan ajralib qolmaydi. Bu holat ham shu nuqtai nazardan kelib chiqqan”, – deyiladi.

Shu bilan birga, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holat yuzasidan Madaniyat vazirligiga taqdimnoma kiritgani haqida xabar berilgan. Eslatib o‘tamiz, bu Ozodbek Nazarbekov bilan bog‘liq ilk muhokamali holat emas.

2024 yilda u Kingsman kiyim do‘koni reklamasida ishtirok etgan, 2025 yilda esa xususiy universitet reklama roligida ko‘ringan edi. O‘shanda ham vazirlik bu harakatlarda moddiy manfaatdorlik bo‘lmaganini ma’lum qilgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
MadaniyatKecha, 23:59
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
MadaniyatKecha, 23:44
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
Madaniyat23:52, 09-10-2026
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
Madaniyat23:43, 09-10-2026
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Madaniyat23:40, 09-10-2026