Bugun
«Manchester Siti» Brayton bilan kubok o'yinini o'tkazadi Husanov debyut qilishi mumkin
+15°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Hans Zimmer “Garri Potter” seriali uchun musiqa yaratadi

Madaniyat
19
Hans Zimmer “Garri Potter” seriali uchun musiqa yaratadi
Mashhur bastakor Hans Zimmer va uning Bleeding Fingers Music studiyasi HBO tomonidan suratga olinayotgan “Garri Potter” seriali uchun saundtrek yaratadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Variety nashri xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, yangi saundtrek “Garri Potter” franshizasining musiqiy an’analarini saqlagan holda, serial formatiga moslashtirilib qayta talqin qilinadi.

Hans Zimmerning aytishicha, bunday loyiha katta mas’uliyat talab qiladi va jamoa bu vazifani chuqur anglab, jiddiy yondashmoqda. “Sehr hamma joyda bor, lekin uni his qilish uchun e’tibor kerak.

‘Garri Potter’ dunyosidagi sehrni his qilish uchun musiqa tomoshabinni shu olamga olib kirishi muhim”, — deydi Zimmer. Eslatib o‘tamiz, “Garri Potter” filmlari uchun musiqani avval Jon Uilyams, Patrik Doyl, Nikolas Xuper va Aleksandr Despla kabi taniqli bastakorlar yaratgan edi.

Zimmerning so‘nggi yirik ishlari orasida “F1” filmi uchun yozilgan saundtrek bor. Ushbu ishi uchun u Oskar mukofotiga nomzod bo‘lgan.

Shuningdek, yaqin kunlarda uning musiqasi yangraydigan “Eyforiya” serialining yangi mavsumi va “Dyuna” filmining uchinchi qismi premyera qilinishi ham kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
MadaniyatBugun, 14:53
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
MadaniyatKecha, 23:55
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
MadaniyatKecha, 23:53
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
MadaniyatKecha, 23:52
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
MadaniyatKecha, 23:52
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
MadaniyatKecha, 23:30