Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

“Melaniya” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Madaniyat
31
“Melaniya” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi
AQShning sobiq birinchi xonimi Melaniya Tramp haqida suratga olingan “Melaniya” nomli hujjatli film kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu filmning davomiyligi 104 daqiqani tashkil etadi. Unda Donald Trampning 2025-yilgi ikkinchi inauguratsiyasi oldidan o‘tgan 20 kunlik davr yoritilgan.

Biroq, kino bozorida ushbu loyiha atrofida kayfiyat unchalik iliq emas. Tanqidchilar va tahlilchilar filmning katta mablag‘ sarflanganiga qaramay, prokatda muvaffaqiyatli bo‘lishiga shubha bildirishmoqda.

Filmning reklama va marketing ishlari uchun taxminan 35 million dollar ajratilgani aytiladi. Ba’zi manbalarda esa umumiy xarajatlar 75 million dollarga yetgani haqida ma’lumotlar mavjud.

Filmni Donald Trampning o‘zi ham faol targ‘ib qilgan. U o‘zining Truth Social tarmog‘ida filmni albatta ko‘rishni tavsiya qilgan.

Shuningdek, 30-yanvarda uni ikkinchi marta tomosha qilgani va filmni yoqtirganini yozib qoldirgan. Shu sababli, filmning ommaviy qiziqish uyg‘otishi bo‘yicha turli fikr-mulohazalar mavjud.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026