Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 17 noyabr
+10°
qisman bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Feruza Normatova turmush o‘rtog‘idan kutilmagan sovg‘a oldi

Madaniyat
62
Feruza Normatova turmush o‘rtog‘idan kutilmagan sovg‘a oldi
O‘zbek aktrisasi Feruza Normatova yaqinda turmush o‘rtog‘idan olgan kutilmagan sovg‘asi haqida o‘z ijtimoiy tarmoq sahifasida video orqali bo‘lishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, bir kuni boshida og‘riq sezgan va bu haqda turmush o‘rtog‘iga aytgan. Erining sababini so‘raganidan keyin, aktrisa bosh og‘rig‘i sochlarini yaxshi quritmagani tufayli yuzaga kelganini aytadi.

Mazkur holatdan so‘ng, turmush o‘rtog‘i Feruzaga mashhur "Dyson" brendidagi soch quritgichini sovg‘a qilgan. Ushbu sovg‘a aktrisani juda xursand qilganini videoda uning yuzidagi tabassum va minnatdorlik hissidan anglash mumkin.

Feruza Normatova ushbu post ostida quyidagi izohni ham yozib qoldirgan: "Biz ayollar erimizni rozi qilish haqida o‘ylaymiz, aslida biz ham erimizdan rozi bo‘lib, ularni duo qilishimiz kerak. Shunda baraka bo‘ladi.

Muhabbat yakkalik bilan emas, ikki tomon harakati bilan mustahkamlanadi. Ayolini erkalatib siylagan erkaklardan Yaratgan rozi bo‘lsin." Mazkur voqea aktrisaning muxlislari orasida ijobiy fikrlar va iliq munosabatlarga sabab bo‘ldi.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026