Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

“Kinder” bolasi kimligi 20 yildan so‘ng ma’lum bo‘ldi

Madaniyat
88
“Kinder” bolasi kimligi 20 yildan so‘ng ma’lum bo‘ldi
O‘n besh yil davomida “Kinder” shokoladining o‘ramidagi tabassumli bola chehrasi barchaga tanish edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ammo bu bolaning shaxsi uzoq vaqt sir saqlandi. Shu sabab turli taxminlar, mish-mishlar va hatto o‘zini “o‘sha bola” deb ko‘rsatishga uringan odamlar ham paydo bo‘ldi.

Aslida esa haqiqiy qahramon shartnoma shartlari tufayli sukut saqlashi lozim edi. Barchasi 2004 yilda boshlangan.

O‘sha yili kompaniya 11 yoshli italiyalik Matteo Farnetini tanladi. Dizaynerlar uning suratini qayta ishlab, brendning ramziga aylantirdi.

Qadoq dizayni bir necha bor yangilandi, fon va kiyimlar o‘zgardi, biroq bolaning tabassumi va umumiy obrazi o‘zgarishsiz qoldi. Yillar davomida turli odamlar o‘zini “Kinder” o‘ramidagi bola deb da’vo qildi.

Masalan, Buyuk Britaniyalik Josh Beytson bu obrazni modellik faoliyatida ishlatgan, Italiyada esa teleboshlovchi Alessandro Egger shunday gaplarni aytgan. Shu bilan birga, kompaniya bu masalaga izoh bermagan, Matteo esa onasi imzolagan shartnoma sabab sukut saqlagan.

Shartnoma muddati 2019 yilda yakunlandi. 2021 yilda Matteo ehtiyotkorlik bilan o‘sha bola ekanini ma’lum qildi, ammo bu bayonot yana bahslarga sabab bo‘ldi.

Nihoyat, 2024 yilda u “Ferrero” bilan imzolangan hujjatlarni taqdim etib, 2004–2019 yillarda qadoqda uning surati ishlatilganini rasman tasdiqladi. Shuningdek, u ramziy marosimda o‘z “rol”ini yangi bolaga topshirdi, biroq yangi qahramonning ismi ochiqlanmagan.

Hozirda Matteo Farneti 32 yoshda. U model va aktyor sifatida faoliyat yuritadi, turli reklama kampaniyalarida ishtirok etadi va ko‘p sayohat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ish jarayonlari, sayohatlar va do‘stlari bilan suratlarini ulashadi. U shaxsiy hayoti haqida kam gapiradi, lekin ba’zi postlarida o‘qishi haqida ma’lumotlar uchraydi.

Matteo “Kinder” bilan ishlashni o‘z hayotidagi muhim imkoniyat sifatida baholaydi va o‘sha yillarni tabassum bilan eslaydi.

O‘xshash yangiliklar

«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
Kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli va serdaromad loyihalardan biri hisoblangan Forsaj turkumi endi striming platformalari orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda One.uz
MadaniyatKecha, 23:43
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
MadaniyatKecha, 01:56
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Jahon kinosining yorqin vakili, "Malena", "Matritsa" va "007: Spektr" kabi mashhur filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan italiyalik aktrisa Monika Belluchchi 30-sentabr kuni 60 yoshini qarshi
Madaniyat23:50, 01-10-2026
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Jahon musiqa olamining yorqin yulduzi Shakira o‘zining "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" deb nomlangan dunyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida katta konsert
Madaniyat23:38, 01-10-2026
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
Turkiya OAVlarida mashhur aktrisa Afra Sarachog‘lining giyohvand moddalar bo‘yicha olib borilayotgan sud-tibbiy tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi. Ularning soch
Madaniyat23:47, 30-09-2026
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti uchun bukmekerlar ro‘yxatida joy olgan. U Literary Hub xabariga ko‘ra, bu ro‘yxat
Madaniyat23:34, 30-09-2026