Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

“Tom va Jerri” multfilmi 86 yoshga to‘ldi

Madaniyat
33
“Tom va Jerri” multfilmi 86 yoshga to‘ldi
Bugun, 10 fevral kuni, dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning bolalik xotiralari bilan bog‘liq bo‘lgan mashhur “Tom va Jerri” multfilmi 86 yoshga to‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu multfilmni tomosha qilib, Tom va Jerrining quvnoq quvg‘inlaridan zavqlangan lahzalarimiz hali-hanuz yodimizda. “Tom va Jerri”ning birinchi qismi 1940 yil 10 fevralda namoyish etilgan.

Bu sana nafaqat multfilm tarixida, balki butun bir avlodning bolalik kayfiyati va hazillari shakllangan kun sifatida ahamiyatlidir. Multfilm qahramonlari — Tomning doimiy rejalarini amalga oshirishga urinishi va Jerrining ajoyib chaqqonligi — tomoshabinlarga betakror zavq bag‘ishlab kelgan.

Tom va Jerrining hikoyalari oddiy, lekin ta’sirchan uslubda yaratilgani bois, har bir epizod muxlislar qalbida alohida o‘rin egallagan. Qiziqarli tomoni shundaki, ushbu multfilmda so‘zlar kam ishlatilgan, ammo emotsiyalar juda boy.

Shu sababli “Tom va Jerri” dunyoning turli burchaklaridagi millionlab odamlar uchun barcha tillardan ustun bo‘lgan universal asarga aylangan.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026