Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

“Formula 1” filmining ikkinchi qismi suratga olinadi

Madaniyat
17
“Formula 1” filmining ikkinchi qismi suratga olinadi
“Formula 1” filmi muxlislari uchun yaxshi yangilik bor — mazkur filmning ikkinchi qismi suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda prodyuser Jerri Brukxaymer “BBC”ga bergan intervyusida ma’lum qilgan. Prodyuserning so‘zlariga ko‘ra, loyiha ustida ishlar olib borilmoqda, ammo hozircha uning aniq muddati yoki aktyorlar tarkibi haqida ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, filmning birinchi qismida bosh qahramonni o‘ynagan Bred Pittning yangi qismda ishtirok etishi ham noma’lumligicha qolmoqda. Brukxaymer: “Biz filmni davom ettirish ustida ishlayapmiz”, — deb ta’kidladi.

Filmning davomi haqidagi dastlabki mish-mishlar 2025 yil kuzida paydo bo‘lgan edi. Rejissyor Jozef Kosinski ham ushbu loyihani davom ettirish istagini bildirgan.

O‘tgan noyabr oyida u ijodiy jamoaning izlanish bosqichida ekanini ma’lum qilgan edi. Eslatib o‘tamiz, “Formula 1” filmi Apple TV platformasida katta muvaffaqiyat qozongan va daromad bo‘yicha Ridli Skottning “Napoleon” hamda Martin Skorsezening “Killers of the Flower Moon” filmlaridan o‘zib ketgan edi.

Film syujetiga ko‘ra, bosh qahramon Sonni Xeys (Bred Pitt) sobiq “Formula 1” poygachisi bo‘lib, og‘ir avariyadan so‘ng sportdan ketadi. Oradan yillar o‘tib, yosh va iste’dodli poygachi Joshua Pirsga (Damson Idris) murabbiylik qilish uchun yana trekka qaytadi.

Mazkur qiziqarli hikoya davom ettirilishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
Kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli va serdaromad loyihalardan biri hisoblangan Forsaj turkumi endi striming platformalari orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda One.uz
MadaniyatKecha, 23:43
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
MadaniyatKecha, 01:56
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Jahon kinosining yorqin vakili, "Malena", "Matritsa" va "007: Spektr" kabi mashhur filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan italiyalik aktrisa Monika Belluchchi 30-sentabr kuni 60 yoshini qarshi
Madaniyat23:50, 01-10-2026
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Jahon musiqa olamining yorqin yulduzi Shakira o‘zining "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" deb nomlangan dunyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida katta konsert
Madaniyat23:38, 01-10-2026
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
Turkiya OAVlarida mashhur aktrisa Afra Sarachog‘lining giyohvand moddalar bo‘yicha olib borilayotgan sud-tibbiy tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi. Ularning soch
Madaniyat23:47, 30-09-2026
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti uchun bukmekerlar ro‘yxatida joy olgan. U Literary Hub xabariga ko‘ra, bu ro‘yxat
Madaniyat23:34, 30-09-2026