Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+14°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Lola Eltoyeva xalqaro teatr mukofotiga sazovor bo‘ldi

Madaniyat
72
Lola Eltoyeva xalqaro teatr mukofotiga sazovor bo‘ldi
Istanbul shahrida TURKSOY xalqaro teatr mukofotlarini topshirish bo‘yicha tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu nufuzli tadbir o‘n birinchi bor tashkil etilib, turkiy davlatlarning teatr sohasida faoliyat yuritayotgan yetakchi ijodkorlari 2025 yil yakunlari bo‘yicha turli nominatsiyalar bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, ushbu tadbirda O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Eltoyeva “Eng yaxshi teatr aktrisasi” nominatsiyasida g‘olib deb topildi va xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi.

Bu yutuq nafaqat aktrisa uchun, balki butun o‘zbek teatr san’ati uchun katta sharaf bo‘ldi. Mazkur marosim har yili Xalqaro Anadolu teatr mukofotlari doirasida tashkil etiladi.

Uning asosiy maqsadi turkiy davlatlar teatr jamoalari o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikni kuchaytirish, umumiy madaniy merosni rivojlantirish va sahna san’atini yanada yuksaltirishdan iboratdir. Shuningdek, boshqa davlat vakillari ham turli yo‘nalishlarda mukofot bilan e’tirof etildi.

Jumladan, Qozog‘istondan Erenbak Toykenov “Eng yaxshi teatr rejissyori”, Qirg‘izistondan Sadir Niyazaqunov “Eng yaxshi sahna rassomi”, Ozarbayjondan Ali Emirli “Eng yaxshi dramaturg” va Turkmanistondan Batir Chariyev “Eng yaxshi teatr aktyori” nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ushbu xalqaro tadbir turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va teatr san’atining rivojlanishiga xizmat qiladigan muhim voqealardan biri sifatida ahamiyat kasb etadi.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026