Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

“Formula-1” filmi davomi ustida ish boshlandi

Madaniyat
22
“Formula-1” filmi davomi ustida ish boshlandi
“Formula-1” haqida Bred Pitt ishtirokidagi filmning davomi rasmiy ravishda ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Loyiha prodyuseri Jerri Brukxaymer BBC News’ga bergan intervyusida ushbu filmning davomiy qismi ustida ishlar boshlanganini ma’lum qildi. Brukxaymerning aytishicha, hozirda ssenariy ustida faol ish olib borilmoqda.

Syujet, konsepsiya va aktyorlar tarkibi bo‘yicha turli g‘oyalar muhokama qilinmoqda. Oldinroq filmning muvaffaqiyati sabab uning davomi suratga olinishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi.

Endilikda esa bu ma’lumot rasmiy tasdiqlandi. O‘tgan yil yozida namoyish etilgan “Formula-1” filmi jahon bo‘ylab 630 million dollar daromad keltirdi.

Shuningdek, bu Apple Original Films tomonidan yaratilgan eng muvaffaqiyatli loyiha bo‘ldi. Film “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “Oskar” mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatildi.

Film syujeti 62 yoshli tajribali poygachi Sonni Xeyz (Bred Pitt) haqida bo‘lib, u uzoq tanaffusdan so‘ng Formula-1 poygasiga qaytadi. Film rejissori Jozef Kosinski bo‘lib, loyiha hamprodyuseri yetti karra jahon chempioni Lyuis Xemiltondir.

O‘xshash yangiliklar

«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
Kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli va serdaromad loyihalardan biri hisoblangan Forsaj turkumi endi striming platformalari orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda One.uz
MadaniyatKecha, 23:43
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
MadaniyatKecha, 01:56
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Jahon kinosining yorqin vakili, "Malena", "Matritsa" va "007: Spektr" kabi mashhur filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan italiyalik aktrisa Monika Belluchchi 30-sentabr kuni 60 yoshini qarshi
Madaniyat23:50, 01-10-2026
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Jahon musiqa olamining yorqin yulduzi Shakira o‘zining "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" deb nomlangan dunyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida katta konsert
Madaniyat23:38, 01-10-2026
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
Turkiya OAVlarida mashhur aktrisa Afra Sarachog‘lining giyohvand moddalar bo‘yicha olib borilayotgan sud-tibbiy tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi. Ularning soch
Madaniyat23:47, 30-09-2026
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti uchun bukmekerlar ro‘yxatida joy olgan. U Literary Hub xabariga ko‘ra, bu ro‘yxat
Madaniyat23:34, 30-09-2026