Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 20 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 3 m/s, sharq
ENRU

Imron "Lolamsan" qo‘shig‘ini premyera qilishga tayyor

Madaniyat
106
Imron
Xonanda Imron o‘zining navbatdagi yangi ijod mahsuloti — "Lolamsan" nomli qo‘shig‘ini muxlislarga taqdim etishini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu taronaning rasmiy premyerasi 14-fevral kuni soat 18:00 da YouTube platformasida bo‘lib o‘tadi. Qo‘shiqning matni taniqli shoir Tohir Muhammad tomonidan yozilgan bo‘lib, musiqasi va ijrosi to‘liq Imronning o‘ziga tegishli.

Bundan tashqari, "Lolamsan" qo‘shig‘iga klip ham suratga olingan. Klipda Mehriddin Rahmatov, Nargiza Abdullayeva, Shahzod Sultonov, Sevila Xudoyberganova, Ma’rufxon Muhammedov, Sardor Zokirov va Farruh Mirzayev kabi taniqli ijodkorlar ishtirok etgan.

Xonandaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ushbu qo‘shiq haqida e’lon qilingan xabar qisqa vaqt ichida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Muxlislar izohlarda yangi taronani katta qiziqish bilan kutayotganini, "Lolamsan" Imronning ijodidagi eng ta’sirli va esda qolarli qo‘shiqlardan biri bo‘lishiga ishonayotganlarini bildirishmoqda.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026