ENRU

Yildiz Tilbe Ramazonda 12 ming kishiga iftor berdi

Madaniyat
23
Yildiz Tilbe Ramazonda 12 ming kishiga iftor berdi
Turkiyalik mashhur xonanda Yildiz Tilbe Ramazon oyida muhtojlarga yordam ko‘rsatish maqsadida yirik xayriya faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U har kuni G‘azoda qurolli to‘qnashuvlar va og‘ir sharoitlar tufayli ochlikdan aziyat chekayotgan 12 ming kishiga iftor dasturxonini tashkil qilmoqda. Ushbu dasturxonlar issiq taomlardan iborat bo‘lib, ular nodavlat tashkilotlar yordamida muhtojlarga yetkazib berilmoqda.

Xonanda bu ishni faqat G‘azo bilan cheklamay, yordamni yanada kengroq hududlarga yoyishni maqsad qilgan. Uning “Har bir uyda issiq ovqat bo‘lishi kerak!” degan shiori ostida Yaman, Suriya, Afg‘oniston, Sharqiy Turkiston, Efiopiya, Janubiy Sudan, Arakan va Kashmir kabi mintaqalardagi muhtojlarga ham yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.

Tilbening xayriya tadbirlari Quddus ko‘ngillilari uyushmasi tomonidan tashkil etilib, uning nomidan amalga oshirilmoqda. Bu ishlar yordamga muhtoj insonlarga Ramazon oyida katta quvonch ulashmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Milliarder Uorren Baffet YouTube orqali o‘zbek iste’dodlarini tomosha qiladi
Milliarder Uorren Baffet YouTube orqali o‘zbek iste’dodlarini tomosha qiladi
Dunyoning eng boy va taniqli sarmoyadorlaridan biri, 96 yoshli milliarder Uorren Baffet bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi haqidagi ma’lumotlar jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz xabar
MadaniyatBugun, 04:43
Oskar mukofoti sovrindori Eva Mari Seynt vafot etdi
Oskar mukofoti sovrindori Eva Mari Seynt vafot etdi
Gollivudning oltin davri vakili, taniqli amerikalik aktrisa Eva Mari Seynt 102 yoshida olamdan o‘tdi. U Los-Anjelesdagi o‘z xonadonida tabiiy sabablarga ko‘ra vafot
MadaniyatBugun, 04:41
Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi davlat akademik musiqali teatri direktori etib tayinlandi
Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi davlat akademik musiqali teatri direktori etib tayinlandi
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri jamoasiga yangi rahbar tayinlandi. Madaniyat vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan, O‘zbekistonda xizmat
MadaniyatKecha, 23:59
Karina Kapur va Shohrux Xon yangi filmda hamkorlik qiladi
Karina Kapur va Shohrux Xon yangi filmda hamkorlik qiladi
Bollivudning mashhur yulduzlari Karina Kapur va Shohrux Xon oradan o‘n besh yil o‘tib, yangi kinoloyihada yana bir bor hamkorlik qilishi kutilmoqda. Tarqalgan
Madaniyat23:51, 06-10-2026
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekistonlik taniqli shaxmatchi, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosim joriy yilning 4-oktyabr kuni
Madaniyat23:51, 05-10-2026
Netflix Wednesday serialining uchinchi mavsumi suratga olinganini e’lon qildi
Netflix Wednesday serialining uchinchi mavsumi suratga olinganini e’lon qildi
Netflix striming platformasi butun dunyoga mashhur bo‘lgan Wednesday serialining uchinchi mavsumini suratga olish ishlari yakunlanganini rasman e’lon qildi. Mazkur
Madaniyat23:31, 05-10-2026