ENRU

Munisa Rizayeva ayollarga o‘zini qadrlashni maslahat berdi

Madaniyat
17
Munisa Rizayeva ayollarga o'zini qadrlashni maslahat berdi
Xonanda Munisa Rizayeva ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan videolarida hayoti, sinovlari va shaxsiy qarashlari haqida ochiq fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U har bir insonning hayotida o‘ziga xos muammo va imtihonlar bo‘lishini ta’kidladi. "Hammada o‘ziga yarasha sinovlar, muammolar bor.

Odamlarga havas qilmanglar. Instagramdagi baxtli hayotga ham ishonmang", deya izoh qoldirdi san’atkor.

Uning fikricha, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilayotgan hayot har doim ham haqiqatni aks ettirmaydi. Munisa Rizayeva ayniqsa ayollarga murojaat qilib, muhim maslahat berdi.

Unga ko‘ra, ayol kishi avvalo o‘zini qadrlashi, o‘zini sevishi va o‘zini tanlashi kerak. "Avval o‘zingizni birinchi o‘ringa qo‘ying — eringizni ham, farzandingizni ham emas, o‘zingizni.

Qachonki o‘zingizni tanlasangiz, o‘zingizni sevsangiz, xo‘jayiningiz ham, farzandingiz ham sizni hurmat qiladi va yaxshi ko‘radi", deydi u. Xonandaning ta’kidlashicha, ayol o‘zini unutib qo‘ysa, o‘ziga e’tibor bermasa, atrofdagilar ham uni qadrlamay qo‘yadi.

Uning fikricha, hurmat va muhabbat avvalo insonning o‘zini qadrlashidan boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026