Bugun
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
+22°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Sardor Mamadaliyev oliyjanob xonandalar haqida fikr bildirdi

Madaniyat
20
Sardor Mamadaliyev oliyjanob xonandalar haqida fikr bildirdi
Xonanda Sardor Mamadaliyev “IntervyuTV” ko‘rsatuvida unga “Siz uchun oliyjanob xonandalar kimlar?” degan savol berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U bu savolga javoban o‘z fikrlarini samimiy tarzda ifoda etdi. Sardor Mamadaliyevning aytishicha, uning nazarida oliyjanob xonandalar — qo‘shiqlarini hech qachon qizg‘onmaydigan insonlardir.

U bunday insonlarga misol tariqasida Ahad Qayumni keltirdi. Ahad Qayum hech qachon o‘z she’rlari uchun pul olmagan, hatto Sardor Mamadaliyevdan ham olmagan.

Shuningdek, Ozodbek Nazarbekov ham shunday insonlardan biri ekanligini ta’kidladi. Xonanda bir safar Ozodbek Nazarbekovning shousida “Meni sevib qolsayding” qo‘shig‘ini ijro etganini aytdi.

Shu ijrodan so‘ng Ozodbek Nazarbekov unga ushbu qo‘shiqni sovg‘a qilgan. Sardor Mamadaliyev bu qo‘shiq uchun klip suratga olmoqchi bo‘lganda esa ularga hech qanday cheklov qo‘yilmagan, istagancha klip olishi mumkinligini bildirishgan.

U qo‘shiqlarni qizg‘onish mumkin emasligini tushunmasligini aytib o‘tdi. Chunki, bu qo‘shiqlarga faqat ijrochi sababchi bo‘lib, aslida ular insonlarga emas, balki Allohga tegishli ekanligini ta’kidladi.

Shu sababli, xonanda bunday san’atkorlarni oliyjanob deb hisoblaydi.

O‘xshash yangiliklar

Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
MadaniyatKecha, 23:34
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Bollivud yulduzi Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi bilan bog‘liq xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Hind kinosi
Madaniyat23:58, 11-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Dunyoning eng mashhur videoblogeri va kontent yaratuvchisi MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson O‘zbekistonga qilgan tashrifi xotiralarini o‘zining Instagram sahifasida alohida bo‘limga joylashtirdi. Bu
Madaniyat23:42, 11-10-2026
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
Madaniyat23:59, 10-10-2026
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
Madaniyat23:44, 10-10-2026
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026