Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 20 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 3 m/s, sharq
ENRU

Manorama hind kino tarixida unutilmas qattiqqo‘l qaynona rolida

Madaniyat
75
Manorama hind kino tarixida unutilmas qattiqqo‘l qaynona rolida
Hind kinosi tarixida ekran yuzida qisqa lahzalar ko‘rinib, tomoshabin qalbida chuqur iz qoldirgan aktrisalar bor. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shunday iste’dod egalari orasida “Zita va Gita” filmidagi qattiqqo‘l qaynona rolini ijro etgan Manorama alohida o‘rin tutadi. Manoramaning asl ismi Erin Isaak Daniyel bo‘lib, u 1926 yil 16 avgustda Lahorda tug‘ilgan.

Uning otasi irlandiyalik, onasi esa hindistonlik edi. Bolalik davri qiyinchiliklar bilan kechdi, moddiy muammolar va hayotiy sinovlar uni erta voyaga yetkazdi.

Yoshligidan san’atga, xususan sahnaga qiziqish bildirgan Manorama bu ishtiyoqini kino sohasida davom ettirdi. Bollivudda o‘z o‘rnini topish oson bo‘lmaganiga qaramay, u tinimsiz mehnat va o‘ziga xos iste’dod yordamida mashhurlikka erishdi.

U klassik davr Bollivudining eng taniqli ikkinchi plandagi aktrisalaridan biri bo‘ldi. Manoramaning ijro etgan rollari juda jonli va ta’sirli edi.

U qattiqqo‘l, ayyor, ba’zan kulgili, ba’zan esa dahshatli ayol obrazlarini mahorat bilan gavdalantirardi. Uning mimikasi, ovozi va harakatlari tomoshabinning xotirasida uzoq saqlanardi.

1972 yilda chiqarilgan “Zita va Gita” filmi orqali Manorama keng shuhrat qozondi. Unda u zolim va shafqatsiz qaynona Kaushaliya rolini ajoyib ijro etdi.

Bu obraz tomoshabinlarni hayratda qoldirdi va kino tarixida muhim o‘rin oldi. Manorama ushbu roli bilan “salbiy komediya ustasi” sifatida tanildi.

Ekranda qattiqqo‘l va qo‘rqinchli ko‘rinishga ega bo‘lgan Manoramani hayoti esa murakkab kechdi. U turmush qurgan bo‘lsa-da, oilaviy baxtni to‘liq his qila olmadi.

Erining vafotidan so‘ng u katta ruhiy zarba oldi. Eng og‘ir dardi esa qizining bedarak yo‘qolishi edi.

Rita Axtar uning yaqin insoni bo‘lib, sirli tarzda yo‘qoldi. Manorama yillar davomida farzandini izlab, umid qilgan, ammo bu orzu amalga oshmadi.

Qizidan ayriliq og‘rig‘i uning qalbida umrining oxirigacha saqlanib qoldi. Yosh o‘tishi bilan Manoramaga kino sohasidan takliflar kamaydi, daromadi pasaydi.

Bir paytlar millionlab muxlislar mehriga sazovor bo‘lgan aktrisa moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi, hatto uydan ham ayrildi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u vaqtincha ko‘chada yashashga majbur bo‘lgan.

Bu holat uning shonli o‘tmishi bilan mutlaqo mos kelmas edi. Hayotining so‘nggi yillarida Manorama bir necha loyihalarda ishtirok etib, moliyaviy jihatdan biroz barqarorlikka erishdi.

U kichik uy sotib olib, tinch va osoyishta hayot kechirishga harakat qildi. Manorama 81 yoshida insultdan vafot etdi.

Afsuski, uning dafn marosimida juda kam odam qatnashdi. Shu tariqa, mashhur aktrisa deyarli unutilgan holda hayotdan ko‘z yumdi.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026