Bugun
Lionel Messi Oltin to‘p topshirish marosimida ishtirok etmaydi
+12°
небольшая облачность ветер 1 м/с, В
ENRU

Turkiyalik mashhur xonanda Riza Tamer 42 yoshda vafot etdi

Madaniyat
71

Turkiyalik mashhur xonanda Riza Tamer 42 yoshda vafot etdi
Turkiyalik mashhur xonanda Riza Tamer 42 yoshida vafot etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sanatchi Benden Sonra, Benim Yerime, Yan va Adam Olmaz kabi hit qoyshiqlari bilan ko‘plab muxlislar qalbida o‘rin egallagan va o‘zining betakror ijodi bilan tanilgan edi. Uning vafoti haqidagi xabarni Hurriyet nashri e’lon qildi.

Turkiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishiga ko‘ra, xonanda Bodrum shahridagi uyida o‘zini yomon his qila boshlagach, zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Biroq tibbiyot xodimlari uni qutqarish uchun barcha choralarni ko‘rganlariga qaramay, xonandaning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Riza Tamerning ahvoli shifokor tomonidan buyurilgan dori vositalarini qabul qilganidan so‘ng keskin og‘irlashgan. Ushbu holat shubhali deb topilgani sababli, hududiy prokuratura tomonidan tergov ishlari boshlab yuborildi.

Xonandaning o‘limiga aniq nima sabab bo‘lgani va dori vositalarining ta’siri qanchalik bo‘lgani sud tibbiy ekspertiza xulosasi chiqqandan keyin ma’lum bo‘ladi. Hozirgi vaqtda rasmiy organlar tomonidan yakuniy xulosa e’lon qilinmagan va tergov jarayonlari davom etmoqda.

Sanatchining vafoti muxlislari va yaqinlari uchun katta zarba bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
MadaniyatKecha, 23:55
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
MadaniyatKecha, 23:53
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
MadaniyatKecha, 23:52
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
MadaniyatKecha, 23:52
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
MadaniyatKecha, 23:30
Rossiya reperi Misha Mavashi 41 yoshida vafot etdi
Rossiya reperi Misha Mavashi 41 yoshida vafot etdi
Rossiyalik mashhur reper Misha Mavashi, asl ismi Mixail Nits, 25-oktyabr kechasi 41 yoshida vafot etgan. Bu haqida san'atkorning rasmiy Telegram kanali orqali e'lon
MadaniyatKecha, 13:49