Bugun
Lionel Messi Oltin to‘p topshirish marosimida ishtirok etmaydi
+12°
небольшая облачность ветер 1 м/с, В
ENRU

Lola Eltoyeva betakror ijrosi bilan xalq ko‘nglidan joy oldi

Madaniyat
26
Lola Eltoyeva betakror ijrosi bilan xalq ko'nglidan joy oldi
O‘zbekiston kinosi, teatr san’ati va dublyaj sohasining yorqin vakillaridan biri Lola Eltoyeva 1972-yil 4-sentabr kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bo‘lajak aktrisa oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib, uning ota-onasi va yaqinlari san’at sohasidan butunlay yiroq insonlar bo‘lishgan. Shunga qaramay, undagi iste’dod va san’atga bo‘lgan qiziqish uni ulkan sahnalar sari yetakladi.

U o‘zining betakror ijrosi va samimiy obrazlari bilan xalqimiz ko‘nglidan chuqur joy egallashga muvaffaq bo‘ldi. Aktrisaning ijodiy yo‘lida mustaqillik yillarida suratga olingan Quyoshi botmaydigan yurt badiiy filmidagi Malika roli alohida ahamiyatga ega.

Aynan ushbu obraz Lola Eltoyevaga katta shuhrat keltirdi va uni tomoshabinlarga yaqindan tanitdi. Aktrisa o‘z faoliyati davomida nafaqat kinoda, balki teatr sahnasida ham sermahsul ijod qilib kelmoqda.

U bugungi kunga qadar 60 dan ortiq spektakllarda turli xil murakkab rollarni mahorat bilan ijro etgan. Shuningdek, uning ijodiy xazinasida 45 ga yaqin badiiy filmlar mavjud bo‘lib, ular o‘zbek kinosi rivojiga munosib hissa qo‘shgan.

Lola Eltoyeva dublyaj san’atida ham o‘ziga xos maktab yaratgan ijodkorlardan biri sanaladi. U 200 ga yaqin xorijiy filmlarga va ko‘plab teleseriallarga mahorat bilan ovoz berib, qahramonlarning ichki dunyosini tomoshabinga yetkazib berishda jonbozlik ko‘rsatgan.

Hozirgi kunda u O‘zbek milliy akademik drama teatrida yetakchi aktrisa sifatida faoliyat yuritib, yosh ijodkorlarga o‘z tajribasini o‘rgatib kelmoqda. Ijodkorning davlatimiz va san’at oldidagi xizmatlari munosib taqdirlangan.

U 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga loyiq ko‘rilgan. Shuningdek, 2020-yilda Madaniyat va san’at fidokori ko‘krak nishoni, 2021-yilda esa Do‘stlik ordeni hamda O‘zbekiston Respublikasining 30 yilligi esdalik nishoni bilan mukofotlangan.

Bu e’tiroflar aktrisaning ko‘p yillik fidokorona mehnatining natijasidir. Lola Eltoyeva shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni ommaga oshkor qilishni xush ko‘rmaydigan kamtarin ijodkorlardan biri hisoblanadi.

Uning matbuotda intervyu berishi yoki shaxsiy hayoti haqida so‘zlashi juda kam kuzatiladi. Aktrisaning ta’kidlashicha, bu qandaydir sirli ko‘rinishga intilish emas, balki haqiqiy san’atkor o‘zining bor dardu dunyosini va aytmoqchi bo‘lgan gaplarini ijro etayotgan rollari orqali tomoshabinga yetkazishi lozim.

Uning uchun eng katta mukofot ham, muloqot maydoni ham bu sahna va ekranlardagi samimiy obrazlaridir.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
MadaniyatKecha, 23:55
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
MadaniyatKecha, 23:53
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
MadaniyatKecha, 23:52
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
MadaniyatKecha, 23:52
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
MadaniyatKecha, 23:30
Rossiya reperi Misha Mavashi 41 yoshida vafot etdi
Rossiya reperi Misha Mavashi 41 yoshida vafot etdi
Rossiyalik mashhur reper Misha Mavashi, asl ismi Mixail Nits, 25-oktyabr kechasi 41 yoshida vafot etgan. Bu haqida san'atkorning rasmiy Telegram kanali orqali e'lon
MadaniyatKecha, 13:49