Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Taniqli aktrisa Gulnora Rustamova muborak yetmish yoshini nishonladi

Madaniyat
72
Taniqli aktrisa Gulnora Rustamova muborak yetmish yoshini nishonladi
Joriy yilning 15-may sanasi o‘zbek san’ati ixlosmandlari uchun o‘ziga xos quvonchli va unutilmas kun sifatida tarixda qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shu kuni ko‘p yillik sermazmun ijodi bilan xalqimiz mehrini qozongan taniqli aktrisa Gulnora Rustamova o‘zining muborak 70 yoshini, qutlug‘ yubileyini qarshi oldi. Ushbu sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar san’atkorning bosib o‘tgan sharafli yo‘lini yana bir bor yodga olishga imkon berdi.

Gulnora Rustamova qariyb o‘ttiz yildan ziyod vaqt davomida Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatri sahnasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. U o‘zining betakror iste’dodi va mahorati bilan o‘nlab unutilmas obrazlarni yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

Xususan, Nodirabegim spektaklidagi Uvaysiy siymosi, Aka-uka sovchilar asaridagi mehribon ona, Kuyovlar konkursidagi quvnoq kelinoyi hamda Bobur dramasidagi Malika Bayda kabi rollari tomoshabinlar yodida muhrlanib qolgan. Shuningdek, uning Jaydari kelin asaridagi katta kelin va Otabek va Kumush spektaklidagi O‘zbekoyim obrazlari aktrisaning dramatik mahorati naqadar yuqori ekanligidan dalolat beradi.

Aktrisaning faoliyati faqat teatr sahnasi bilan cheklanib qolmagan. U kino va televideniye sohasida ham salmoqli yutuqlarga erishgan.

Mehrobdan chayon tarixiy teleserialidagi Gulshan, Qaytar dunyo turkumidagi ona siymosi hamda Talvasa kabi ko‘plab seriallardagi rollari san’atkorni elga yanada yaqinroq tanitdi va unga bo‘lgan xalq muhabbatini oshirdi. Har bir ijro etilgan rolida aktrisa o‘zbek ayoliga xos bo‘lgan samimiylik va andishani mahorat bilan ochib bergan.

Yubiley munosabati bilan aktrisaning ko‘p yillik fidokorona mehnati davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ijodkorga Madaniyat va san’at fidokori ko‘krak nishonini tantanali ravishda topshirdi.

E’tiborli jihati shundaki, ushbu mukofot Gulnora Rustamovaning san’at sohasidagi ilk rasmiy davlat e’tirofi bo‘ldi. Bu kutilmagan va munosib sovg‘a hamda ko‘rsatilgan yuksak ehtirom aktrisa uchun ikki karra quvonchli voqea sifatida uning xotirasida abadiy muhrlanadigan bo‘ldi.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026