Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Braziliyalik ayol «BTS» a’zosini ta’qib qilib bir yillik qamoq oldi

Madaniyat
26
Braziliyalik ayol «BTS» a’zosini ta’qib qilib bir yillik qamoq oldi
Janubiy Koreyada BTS guruhi a’zosi Chongukni ta’qib qilgan xorijlik ayolga nisbatan sud hukmi chiqarildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik ayol xonandaning uyiga bir necha bor borib, hatto bir tashrifi davomida eshik qo‘ng‘irog‘ini 133 marta bosgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayol o‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab mashhur san’atkorning kuzatib yurgan.

U Chongukka bo‘lgan muhabbati sababli uning uyi oldiga bir necha bor kelgan, xatlar va sovg‘alar qoldirishga uringan. Seul tuman sudi mazkur holatni ko‘rib chiqib, ayolni bir yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Biroq jazo ikki yillik sinov muddati bilan kechiktirildi. Agar qaror ustidan shikoyat qilinmasa, uni Janubiy Koreyadan chiqarib yuborish ehtimoli yuqori.

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, ayol ilk bor 7 dekabr kuni Chongukning Seuldagi xonadoniga kelgan. U hudud atrofida aylanib yurgan, devor orqali turli buyumlar tashlagan va eshik tirqishlariga maktublar qoldirgan.

Oradan bir necha kun o‘tib, u yana qaytib kelib, eshik qo‘ng‘irog‘ini 133 marta bosgan. Keyinchalik oziq-ovqat yetkazib berish xizmati xodimi orqasidan kirishga urilgan vaqtida politsiya tomonidan ushlangan.

Huquq-tartibot idoralari ayolni ogohlantirib qo‘yib yuborgan bo‘lsa-da, u taqiqlarga amal qilmagan. Natijada politsiya maxsus order chiqarib, unga xonanda yashaydigan hududga 100 metrdan yaqinlashishni taqiqladi.

Shunga qaramay, muxlis o‘z harakatlarini davom ettirgan. Sudda ma’lum qilinishicha, u Chongukning uyi oldiga kamida 22 marta kelgan.

Qozon qaror chiqarishda gumonlanuvchining kelgusida bunday xatti-harakatlarni takrorlash ehtimoli past ekanini inobatga olgan. Eslatib o‘tish joiz, bu Chonguk bilan bog‘liq birinchi shov-shuvli holat emas.

Avvalroq xonanda harbiy xizmatni tugatganidan so‘ng uning uyiga kirishga urgan yana bir xorijlik ayol ham politsiya tomonidan qo‘lga olingan edi.
Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026