Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Jeki Chan «G‘aroyib aslahalar» to‘rtinchi qismini Qozog‘istonda suratga olishni boshladi

Madaniyat
28
Jeki Chan «G‘aroyib aslahalar» to‘rtinchi qismini Qozog‘istonda suratga olishni boshladi
Mashhur aktyor, rejissyor va jangovar filmlar yulduzi Jeki Chan "G‘aroyib aslahalar" film franshizasining to‘rtinchi qismini suratga olish ishlarini qo‘shni Qozog‘istonda boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, aktyor ushbu qarorni qabul qilishdan avval 2025 yilda Olmaotaga tashrif buyurib, bo‘lajak suratga olish maydonlarini shaxsan ko‘zdan kechirgan va mos manzillarni tanlab olgan. "G‘aroyib aslahalar" Jeki Channing eng mashhur sarguzasht filmlaridan biri hisoblanadi.

Kartinaning ilk qismi 1986 yilda tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan. Unda Chan qadimiy xazinalar va tarixiy yodgorliklarni izlovchi jasur hamda tavakkalchi qahramon obrazini mahorat bilan gavdalantirgan.

Mazkur filmni suratga olish jarayonida aktyor og‘ir baxtsiz hodisaga ham duch kelgan. Kaskadyorlik sahnalaridan birini ijro etayotgan paytda u daraxtdan sakrab tushib, bosh suyagidan jiddiy jarohat olgan.

Ushbu hodisa oqibatida Jeki Channing bir qulog‘i qisman eshitmay qolgan. Shunga qaramay, u davolanishdan so‘ng suratga olish maydoniga qaytib, film ustidagi ishlarni oxiriga yetkazgan.

Aynan shu voqea uning professionalligi va fidoyiligini namoyon etgan eng mashhur holatlardan biri sifatida tilga olinadi.
Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026