Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova 80 yoshini nishonladi

Madaniyat
34
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova 80 yoshini nishonladi
O‘zbekiston madaniyati va san’ati olamida o‘chmas iz qoldirgan mahoratli aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova o‘zining qutlug‘ 80 yoshini qarshi oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning samimiy tabrigi va ezgu tilaklari san’atkorga yetkazildi. Qutlov matnini vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov o‘qib berdi.

Tabrikda aktrisaning o‘zbek teatri va kinosidagi ko‘p yillik sermahsul faoliyati, sahnalarda va ekranlarda yaratgan betakror obrazlari hamda milliy madaniyatimizni yuksaltirishga qo‘shgan ulkan hissasi alohida e’tirof etildi. Darhaqiqat, Gulchehra Jamilova ijro etgan har bir rol o‘zining hayotiyligi va chuqur falsafasi bilan tomoshabinlar qalbidan munosib joy egallagan.

Tadbirning eng hayajonli daqiqalarida Gulchehra Jamilovaga Madaniyat va san’at fidokori ko‘krak nishoni topshirildi. Ushbu yuksak mukofot san’atkorning sohadagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki hamda madaniyat sohasini rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari uchun munosib ehtirom namunasi bo‘ldi.

Marosimda ishtirok etgan aktrisaning hamkasblari, shogirdlari va keng jamoatchilik vakillari so‘zga chiqib, uning insoniy fazilatlari hamda kasbiga bo‘lgan sadoqati haqida to‘lqinlanib gapirdilar. Soha vakillari Gulchehra Jamilovaning o‘zbek kinosi va teatri taraqqiyotidagi o‘rnini yuksak baholab, uning boy tajribasi bugungi kunda yosh ijodkorlar uchun haqiqiy mahorat maktabi bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladilar.

Madaniyat vazirligi jamoasi va barcha san’atsevarlar nomidan yubilyarga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi ijodiy ishlarida doimiy muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Uning san’at yo‘lidagi fidoyiligi kelajak avlodlar uchun har doim o‘rnak va ilhom manbai bo‘lib qoladi.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026