ENRU

O‘zbekiston va Misr farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirdi

O‘zbekiston
28
O‘zbekiston va Misr farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirdi
O‘zbekistonning Propharm Partners va Lafz kompaniyalari rahbarlari Misrga amaliy safar uyushtirdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Safar davomida bir qator uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazildi. Xususan, Misrning ACDIMA holdingi rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot natijasida farmatsevtika mahsulotlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi.

Tomonlar loyihani amalga oshirish muddatlari va mexanizmlarini kelishib oldi. Shuningdek, muzokaralar jarayonida ACDIMA xoldingiga kiruvchi EIPICO, Medical Union Pharmaceuticals (MUP) va October Pharma kompaniyalari bilan farmatsevtika mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha distribyutorlik shartnomalari imzolandi.

Ushbu bitimlar Misr kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori sifatli, xalq ehtiyoji uchun zarur va arzon dori vositalarini O‘zbekistonga olib kirish hamda keyinchalik ularni mahalliylashtirishni nazarda tutadi. ACDIMA holdingi Yaqin Sharq mintaqasidagi eng yirik xoldinglardan biri bo‘lib, farmatsevtika sanoatining turli tarmoqlariga ixtisoslashgan 17 ta kompaniyani o‘z ichiga oladi.

Ushbu hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi farmatsevtika sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Safar davomida erishilgan kelishuvlar O‘zbekistonda dorilar ishlab chiqarishni rivojlantirish va sifatli dori vositalarini aholiga taqdim etishda muhim qadam hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
4 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY337 Jidda 05:10
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
3 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 02:40 767
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
2 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 02-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
1 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665 Nijnevartovsk
O‘zbekiston00:10, 01-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
31 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 31-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
30 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY421 Deli 02:40 763 HY465 Islamabad 04:00
O‘zbekiston00:10, 30-10-2026