Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

O‘zbekiston va Pokiston hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi

O‘zbekiston
115
O‘zbekiston va Pokiston hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 avgust kuni Pokiston Shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Sahir Shamshod Mirzo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Uchrashuvda Pokiston bosh vazirining joriy yil fevral oyida O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish haqida so‘z bordi. Turli darajalarda o‘zaro muloqot va almashinuvlarning faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 23 foizga, yuk tashish esa 50 foizga oshdi. Karachi va Lahor shaharlarida savdo uylari ochilishi ham ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar soni ham ko‘paydi. Harbiy va harbiy-texnik sohalarda, shuningdek, xavfsizlikka doir zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Ayniqsa, Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha imzolangan uch tomonlama bitimni tez fursatda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Manba: prezident matbuot xizmati.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
16 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 15 noyabr
15 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
14 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9683 Krasnoyarsk
O‘zbekiston00:10, 14-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 13 noyabr
13 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40
O‘zbekiston00:10, 13-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
12 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 12-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
11 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY337 Jidda 05:10
O‘zbekiston00:10, 11-11-2026