Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

O‘zbekistonda milliy ma’lumot markazlari quriladi

O‘zbekiston
76
O‘zbekistonda milliy ma’lumot markazlari quriladi
“O‘zbekiston ICT Week 2025” haftaligida mamlakatda milliy ma’lumot markazlari tashkil etilishi rasman e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston yaqin kelajakda hududda joylashgan zamonaviy va yuqori quvvatga ega bulutli xizmatlar bilan ta’minlanadi. Bu esa mamlakatning raqamli infratuzilmasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Milliy ma’lumot markazlari xorijiy serverlarga bog‘liq bo‘lmagan suveren tizim yaratish imkonini beradi. Shu orqali mahalliy IT-kompaniyalar mamlakatdagi zamonaviy quvvatlardan foydalanib, o‘z mahsulotlari, jumladan sun’iy intellekt va boshqa texnologik ishlanmalarni rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi.

Mazkur data-markazlar qurilishi uchun Saudiyaning DataVolt kompaniyasi mas’ul etib belgilangan. Avvalroq ushbu yo‘nalishga 6,5 milliard dollargacha sarmoya kiritilishi haqida ma’lumot berilgan edi.

DataVolt dunyo bo‘ylab ma’lumotlar markazlarini rivojlantirishda faol ishtirok etib, AQSh, Hindiston va Saudiya Arabistoni kabi davlatlardagi loyihalarda, jumladan NEOM utopik shahar loyihasida ham qatnashmoqda. Ular Vision investitsiya guruhi tarkibiga kiradi, uning umumiy qiymati 100 milliard dollardan ortiqdir.

Loyiha vakillari ta’kidlaganidek, bu imkoniyat milliy kompaniyalarga tashqi serverlarga tayanmasdan, O‘zbekiston hududidagi zamonaviy quvvatlardan foydalanib mahsulot va loyihalarini rivojlantirishga zamin yaratadi. Ayniqsa, sun’iy intellekt va biznes sohasidagi loyihalar uchun bu katta yutuq bo‘ladi.

Shu bilan birga, to‘rt kun davom etgan forumda 50 dan ortiq davlat vakillari, 300 dan ziyod kompaniya va hamkorlar, shuningdek 20 mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Tadbir davomida 200 dan ortiq xalqaro ekspertlar, jumladan Meta, Microsoft, UzTelecom, Yandex Uzbekistan, Digital Engineering School, Zoomrad, Mobi.uz, Uzinfocom, Beeline va Huawei kabi tashkilotlar o‘z mahsulotlarini taqdim etdi.

Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
29 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
28 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY611 Moskva 07:30 32N HY603 Moskva 07:30
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 27 oktabr
27 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40
O‘zbekiston00:10, 27-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
26 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY231 Frankfurt 04:15 32Q HY3223 Antalya
O‘zbekiston00:10, 26-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
25 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekiston00:10, 25-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 24 oktabr
24 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 24-10-2026