Bugun
Lamin Yamal Oltin to'p mukofotiga loyiq ekanini aytdi
+24°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida yangi kelishuvlar imzolandi

O‘zbekiston
65
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida yangi kelishuvlar imzolandi
Toshkent va Vashington o‘rtasida muhim kelishuvlar imzolandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

AQSHning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliyaviy institutlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati yakunida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlovchi bir qator kelishuvlar imzolandi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda AQSH Savdo vaziri Govard Latnik ishtirokida o‘tkazildi.

Imzolangan hujjatlar turli sohalarni qamrab olib, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Xususan, quyidagi kelishuvlar e’tiborga molikdir: 1.

Geologiya vazirligi va “Denali Exploration Group” kompaniyasi o‘rtasida noyob yer elementlarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi. 2.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda “Re Element Technologies” kompaniyasi noyob yer metallarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 3.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi “Flowserve” kompaniyasi bilan nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha bitim tuzdi. 4.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Valmont Industries Inc” kompaniyasi zamonaviy suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 5.

Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Palo Alto Networks” kompaniyasi sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bitim imzoladi. 6.

“Uzairways” va “Boeing” kompaniyalari o‘rtasida samolyot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzildi. 7.

“Datacrop” va “Luis Dreyfus Company” kompaniyalari soya mahsulotlarini yetkazib berish borasida shartnoma imzoladi. 8.

“O‘zsanoateksport” va “Cargill” kompaniyasi paxta yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Mazkur kelishuvlar O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yanada chuqurlashuvi va strategik sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Manba: One.uz.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 15 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 15 sentabr
15 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 14 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 14 sentabr
14 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 13 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 13 sentabr
13 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY235 Myunxen
O‘zbekiston00:10, 13-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 12 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 12 sentabr
12 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 12-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 11 sentabr
11 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY461 Lahore 01:10 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 11-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 10-09-2026