ENRU

O‘zbekiston va AQSH biznes aloqalari yangi bosqichda

O‘zbekiston
34
O‘zbekiston va AQSH biznes aloqalari yangi bosqichda
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 12-noyabr kuni AQSHning Yuta shtati biznes delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uchrashuvda delegatsiyaga Devid Bednar boshchilik qildi. Suhbat davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSH fuqarolari uchun vizasiz tartibni joriy etish haqidagi qarori alohida qayd etildi. Ushbu qaror ishbilarmonlik va gumanitar aloqalarni kuchaytirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Prezident farmoniga binoan Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etilgani ma’lum qilindi. Ushbu kengashni muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi tarkibida maslahatchi-elchi lavozimi joriy etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston rezidentlariga o‘z bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larni AQSHda korxonalar ochish, ular faoliyatida ishtirok etish yoki filiallarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun erkin o‘tkazish huquqi berildi. Uchrashuv davomida ushbu chora-tadbirlar tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy faolligini oshirishga, AQSH bilan investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga va O‘zbekistonning zamonaviy, ochiq iqtisodiyotga ega davlat sifatidagi imijini shakllantirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
29 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
28 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY611 Moskva 07:30 32N HY603 Moskva 07:30
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 27 oktabr
27 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40
O‘zbekiston00:10, 27-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
26 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY231 Frankfurt 04:15 32Q HY3223 Antalya
O‘zbekiston00:10, 26-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
25 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekiston00:10, 25-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 24 oktabr
24 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 24-10-2026