Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

O‘zbekistonning 38 universiteti “yashil” reytingga kirdi

O‘zbekiston
41
O‘zbekistonning 38 universiteti “yashil” reytingga kirdi
O‘zbekistonning 38 ta oliy ta’lim muassasasi xalqaro ekologik barqarorlik bo‘yicha dunyoning nufuzli top-1000 talik UI GreenMetric reytingiga kirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 5-dekabr kuni Tayvanda UI GreenMetric 2025 xalqaro ekologik barqaror universitetlar reytingining natijalari e’lon qilindi.

Tadqiqotda 105 mamlakatdan 1745 ta universitet ishtirok etdi. O‘zbekiston bu reytingda 79 ta oliy ta’lim muassasasi bilan qatnashdi, ulardan 38 tasi dunyoning eng yaxshi “yashil” universitetlari qatoriga kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, 2025 yilning “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi bilan mamlakatdagi universitetlar ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida barqaror infratuzilma yaratish, resurslardan oqilona foydalanish, yashil hududlarni kengaytirish va xalqaro standartlarga asoslangan strategiyalarni joriy etish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu sa’y-harakatlar universitetlarning yuqori baholanishiga sabab bo‘lgan. UI GreenMetric 2025 natijalari O‘zbekiston universitetlarining ekologik barqarorlik va innovatsion rivojlanish sohasidagi qat’iy qadamlarini tasdiqlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, UI GreenMetric 2010-yildan buyon Indoneziya universiteti tomonidan tashkil etiladigan global reyting bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarining ekologik siyosati, energiyani tejash dasturlari, chiqindilarni qayta ishlash, yashil infratuzilma va ekologik ta’lim sohasidagi yondashuvlarini baholaydi. O‘zbekiston universitetlarining ushbu natijalari mamlakatda olib borilayotgan “yashil” islohotlarning amaliy samara berayotganini ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
29 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
28 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY611 Moskva 07:30 32N HY603 Moskva 07:30
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 27 oktabr
27 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40
O‘zbekiston00:10, 27-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
26 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY231 Frankfurt 04:15 32Q HY3223 Antalya
O‘zbekiston00:10, 26-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
25 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekiston00:10, 25-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 24 oktabr
24 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 24-10-2026