Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Toshkentga 93 tonna nasldor qoramol olib kelindi

O‘zbekiston
63
Toshkentga 93 tonna nasldor qoramol olib kelindi
8-dekabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida muhim yuk operatsiyasi amalga oshirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uzbekistan Airports ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 01:15 da Air Atlanta Icelandic aviakompaniyasining Boeing 747-400 samolyoti Belgiya davlatining Lej shahridan tirik qoramol olib keldi. Yukning og‘irligi 93 tonnani tashkil etdi.

Keltirilgan chorva mollari Germaniya va Avstriyadan olib kelingan Simmental va Golshtin zotlariga mansub bo‘lib, yuqori mahsuldorligi, sifatli sut va go‘sht mahsulotlari berishi bilan tanilgan. Chorva mollarini tushirish va qabul qilish jarayonlari veterinariya talablariga to‘liq muvofiq holda amalga oshirildi.

Mamlakatimizda nasldor chorva importini rag‘batlantirishga oid chora-tadbirlar davom etmoqda. Xususan, subsidiya berish muddati 2030-yilgacha uzaytiriladi.

2026-yildan boshlab, bir kunlik jo‘jalar importi bo‘yicha imtiyozlar faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini xarid qilishga qaratiladi. Bundan tashqari, 2027-yil oxirigacha tirik qoramol, qo‘y va echkilarni import qilayotgan tadbirkorlar uchun QQS to‘lovini 180 kunga kechiktirish va qaytarib olish imkoniyati yaratiladi.

Shu bilan birga, 2026-yildan boshlab veterinariya ruxsatnomalarini tekshirish muddatlari ikki barobar qisqaradi. Chorvachilik sohasida tadbirkorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar ham joriy etilmoqda.

Xususan, ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali olish va to‘lovni 5 yil davomida bo‘lib-bo‘lib amalga oshirish imkoniyati beriladi. Manba: one.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
29 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
28 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY611 Moskva 07:30 32N HY603 Moskva 07:30
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 27 oktabr
27 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40
O‘zbekiston00:10, 27-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
26 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY231 Frankfurt 04:15 32Q HY3223 Antalya
O‘zbekiston00:10, 26-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
25 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekiston00:10, 25-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 24 oktabr
24 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 24-10-2026