Bugun
Singapurda kitob o'qigan aholiga haqiqiy pul to'lanadigan bo'ldi
+33°
переменная облачность ветер 4 м/с, З
ENRU

Toshkent ekologiyasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli rejalar belgilandi

O‘zbekiston
35
Toshkent ekologiyasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli rejalar belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida ekologiyani yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusi rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda poytaxtning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahri ekologiyasi barqaror bo‘lgan 300 ta shahar qatoriga kirishi uchun mutasaddilar tinimsiz ishlashi lozimligi ta’kidlandi. Bugungi kunda Toshkentda ekologiya masalasi jiddiy ahamiyatga ega.

Oxford Economics tomonidan e’lon qilingan “Global shaharlar indeksi” reytingida poytaxtimiz 471-o‘rinni egallagan. Prezident bu ko‘rsatkichni yaxshilash, Toshkentni ekologik barqaror shaharlardan biriga aylantirishni asosiy vazifa sifatida belgiladi.

Kelgusi uch oyda shahar bo‘ylab 4 ta sun’iy ko‘l va havzalar qurilishi rejalashtirilmoqda. 1 iyungacha har bir tumanda soyali sayr ko‘chalari tashkil etilib, har 10 ta mahallada bitta yashil bog‘ barpo etiladi.

2026 yilgacha esa 18,5 kilometr kanal qirg‘oqlari mustahkamlanib, bu hududlarda yangi yashil zonalar va sayilgohlar barpo qilinadi. Shuningdek, Bektemir, Sergeli va Yangihayot tumanlari bo‘ylab Chirchiq daryosining 16 kilometr qismini mustahkamlash orqali 800 gektar yangi hudud ochilishi, ulardan 200 gektarida yashil belbog‘lar, 250 gektarida esa ichki yo‘llar va piyoda yo‘laklari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda shahar drenaj tizimi bo‘yicha master-reja ishlab chiqilib, kelgusi yildan qurilish ishlari boshlanishi e’lon qilindi. Dastur doirasida 150 kilometr yopiq drenaj tizimi, 197 kilometr kanal va kollektorlarni ta’mirlash, 63 kilometr yangi kanallar qurish rejalashtirilgan.

Yomg‘ir suvini yig‘ish uchun 17 ta maxsus inshoot barpo qilinib, ushbu suv yashil hududlarni sug‘orishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, shahar kommunal xizmatlari va favqulodda xizmatlar tun-u kun ishlashga o‘tadi.

Ular avariyaviy holatlarning oldini olish va ularni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha faoliyatini kuchaytirishi lozim. Prezident barcha ushbu ishlar poytaxt aholisi uchun qulay va salqin mikroiqlim yaratishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.

Manba: Prezident matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 20 sentabr
20 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY235 Myunxen
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 19 sentabr
19 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 18 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 18 sentabr
18 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 18-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 17 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 17 sentabr
17 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 17-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 16 sentabr
16 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 16-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 15 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 15 sentabr
15 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 15-09-2026