O‘zbekistonda harorat 38 gradusgacha ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati mutaxassislari joriy hafta davomida respublika hududida havo haroratining sezilarli darajada ko‘tarilishini prognoz qilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, harorat ba’zi hududlarda 38 gradusgacha yetishi kutilmoqda. 4 may, ya’ni dushanba kuni mamlakatning markaziy va sharqiy qismida ob-havo sharoiti noustuvor bo‘lib qoladi.
Toshkent shahri, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi hududlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ushbu hududlarda havo harorati 23 dan 26 gradusgacha bo‘ladi.
Shimoliy, janubiy va cho‘l mintaqalarida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat esa 27 dan 32 gradusgacha ko‘tariladi. 5 dan 7 maygacha bo‘lgan kunlarda mamlakatning katta qismida quyoshli va quruq ob-havo hukm suradi.
Faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoldan xoli emas. 8 may kuni esa janubiy va sharqiy viloyatlardan tashqari, respublika bo‘ylab ba’zi hududlarda yana qisqa yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
5 dan 8 maygacha bo‘lgan davrda havo harorati bosqichma-bosqich oshib boradi. Kechalari harorat 17 dan 20 gradusgacha, kunduzi esa 32 dan 35 gradusgacha ko‘tariladi.
Janubiy hududlarda issiqlik 38 gradusgacha yetishi kutilmoqda. Shamol rejimi ham o‘zgaruvchan bo‘ladi.
6 va 7 may kunlari shamol asosan cho‘l hududlarida kuchayadi. 8 may kuni esa respublika bo‘ylab ayrim joylarda shamol tezligi 13 dan 18 metr/sekundgacha yetishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zon hujumlari kuzatilishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li mintaqalarda 4–5 va 8 may kunlari ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli mavjud. Poytaxt Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Bugun poytaxtda havo harorati 24–26 gradusni tashkil etadi, keyingi kunlarda esa 30–35 gradusgacha ko‘tariladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esab, 8 may kuni 10–12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.