Bugun
Singapurda kitob o'qigan aholiga haqiqiy pul to'lanadigan bo'ldi
+33°
переменная облачность ветер 4 м/с, З
ENRU

AQSHda grin-karta olish tartibi va qoidalari tubdan o‘zgartirildi

O‘zbekiston
24
AQSHda grin-karta olish tartibi va qoidalari tubdan o'zgartirildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Fuqarolik va immigratsiya xizmati mamlakatda vaqtinchalik viza asosida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari uchun doimiy yashash huquqini, ya’ni grin-karta olish tartibini tubdan o‘zgartirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yangi joriy etilgan qoidalarga ko‘ra, endilikda ariza beruvchilarning aksariyat qismi hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini AQSH hududida emas, balki o‘z vatanida turib yakunlashiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘zgarish immigratsiya tizimini tartibga solish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH hududida turib huquqiy maqomini o‘zgartirish uchun hujjat topshirish imkoniyati faqat ayrim istisno holatlardagina saqlab qolinadi. Qolgan barcha vaziyatlarda vaqtinchalik viza bilan yurgan xorijliklar o‘z davlatiga qaytib, AQSHning xorijdagi konsullik idoralari orqali zaruriy bosqichlardan o‘tishlari lozim bo‘ladi.

Ushbu talablar nafaqat sayyohlar va talabalarga, balki vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga ham birdek tegishlidir. Fuqarolik va immigratsiya xizmati vakillari noimmigratsion viza bilan mamlakatda bo‘lish avtomatik ravishda doimiy yashash huquqini qo‘lga kiritish bosqichiga aylanib qolmasligi kerakligini alohida ta’kidlamoqda.

Idora vakili Zak Kaxlerning tushuntirishicha, yangi tizim grin-karta olish bo‘yicha rad javobini olganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy ravishda qolib ketish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Endilikda favqulodda vaziyatlardan tashqari barcha holatlarda ariza beruvchilar o‘z yurtiga qaytishi shart etib belgilandi.

Shuningdek, mazkur o‘zgarishlar immigratsiya tizimidagi ish yuklamasini sezilarli darajada kamaytirishi kutilmoqda. Bu esa mas’ul idoralarga fuqarolik olish bo‘yicha arizalarni tezroq ko‘rib chiqish hamda zo‘ravonlik va odam savdosi qurbonlariga viza berish masalalariga ko‘proq e’tibor qaratish imkonini beradi.

Biroq, yangi siyosat migrantlar va huquqshunoslar orasida turli bahslarga sabab bo‘lmoqda. Mutaxassislar qonuniy asosda mamlakatda yashayotganlar uchun ham jarayon ancha murakkablashishi va uzoq vaqt talab qilishidan xavotirda ekanliklarini bildirmoqdalar.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 20 sentabr
20 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY235 Myunxen
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 19 sentabr
19 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 18 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 18 sentabr
18 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 18-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 17 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 17 sentabr
17 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 17-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 16 sentabr
16 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 16-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 15 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 15 sentabr
15 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 15-09-2026