Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+13°
небольшая облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Boks bo‘yicha jahon kubogida 10 nafar bokschimizdan ikki nomdori "quruq qoldi"...

Sport
140

Boks bo‘yicha jahon kubogida 10 nafar bokschimizdan ikki nomdori "quruq qoldi"...

31 mart kuni (Toshkent vaqti bilan 1 aprel) Braziliyada boks bo‘yicha jahon kubogi start oldi. Unda To‘lqin Qilichev boshchiligidagi O‘zbekiston jamoasi 10 ta vazn toifasida ishtirok etmoqda.

Musobaqaning dastlabki kunida O‘zbekistonning uch nafar vakili – Mirazizbek Mirzaxalilov (-55 kg), Iqboljon Xoldorov (-70 kg) va Javohir Ummataliyev (-80 kg) saralash bosqichida ringga ko‘tarilishdi hamda mos ravishda Shvetsiya, Polsha va Italiya vakillarini mag‘lub etib, chorakfinalga chiqishdi.

Ikkinchi kun dasturida Madiyar Daniyarov (-60 kg), Asilbek Jalilov (-50 kg) va Akmaljon Isroilov (-85 kg) ham saralash janglarida mos ravishda Italiya Qozog‘iston va Shveysariya vakillaridan ustun kelishdi.

2 aprel kuni Mirazizbek Mirzaxalilov turnirdagi ikkinchi jangini polshalik Nikolas Pavlikka qarshi o‘tkazib, yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi va yarimfinalga yo‘l oldi.

Iqboljon Xoldorov turnirdagi ikkinchi bahsida angliyalik Odel Kamaraga qarshi bahs olib borib, hakamlarning qarorlariga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi.

-65 kg vazn toifasi vakili, Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev turnirdagi ishtirokini chorakfinaldan boshladi, ammo ilk jangdayoq mezbonlar vakili Yuri Reysga yutqazdi.

Javohir Ummataliyev esa navbatdagi raqibi, amerikalik Robbi Gonsalesdan ham ustun keldi.

3 aprel kuni O‘zbekistonning uchinchi vakili ham turnirdagi ishtirokini erta yakunladi – Madiyar Daniyarov (-60 kg) yarimfinalda braziliyalik Luiz Oliveyraga yutqazdi va bronza bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi.

O‘z navbatida, To‘rabek Habibullayev (-90 kg) hindistonlik Vishalni, Asilbek Jalilov (-50 kg) hindistonlik Jadumani Mandengbamni, Fazliddin Erkinboyev (-75 kg) polshalik Mixal Yarlinskini, Jahongir Zokirov (+90 kg) qozog‘istonlik Daniyal Saparbayni mag‘lubiyatga uchratdi va finalga yo‘l olishdi.

4 apreldan 5 aprelga o‘tar kechasi 3 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026