Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Yanis Leri: "Xorazm"ni tanlashda ikkilanmadim

Sport
27
Yanis Leri:
Yaqinda “Xorazm” futbol klubi tarkibiga qo‘shilgan fransiyalik futbolchi Yanis Leri klubning matbuot xizmati bilan suhbatda o‘z faoliyati, O‘zbekistondagi ilk taassurotlari va shaxsiy maqsadlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Quyida ushbu intervyudan asosiy qismlarni keltirib o‘tamiz. – Futbol bilan nechanchi yoshdan shug‘ullanishni boshlagansiz?

– Men futbol o‘ynashni 5 yoshimda boshlaganman. O‘sha vaqtda "Livri" jamoasida o‘ynardim.

Bu joy Parij yaqinida, men o‘sgan hudud hisoblanadi. – O‘zbek futboli haqida qanday fikrdasiz?

– O‘ylashimcha, O‘zbekistonda futbolning saviyasi yaxshi, lekin Ispaniya yoki Fransiya futbolidan biroz farq qiladi. Jamoamga tezroq moslashishga harakat qilyapman.

Jamoadoshlarim bu borada menga yordam bermoqda, shu sababli ko‘nikishim oson kechmoqda. Ingliz tilini yaxshi bilmasam-da, jamoadoshlarim bilan muloqot qilishda muammo yo‘q.

– Qaysi futbolchilar bilan yaqinroq muloqot qilmoqdasiz? – Jamoada barcha bilan aloqam yaxshi.

Ayniqsa, Logan va Fabino bilan ko‘proq muloqot qilaman. Ular portugal tilida gaplashadi, men esa ispanchani bilaman, bu tillar o‘xshash bo‘lgani uchun bir-birimizni yaxshi tushunamiz.

– Futbolchilik faoliyatingiz davomida qancha gol urgansiz? – Aniq sonini eslay olmayman, lekin “Sent-Eten”dagi faoliyatimda ko‘plab gollar urganman.

Eng so‘nggi golimni esa “Logrones” jamoasi safida o‘ynagan paytimda kiritganman. “Sent-Eten”dagi gollarim esa men uchun alohida ahamiyatga ega.

– Yangi mamlakatga moslashishda eng qiyin narsa nima bo‘ldi? – Eng katta qiyinchilik – til masalasi.

Men o‘zbek tilini bilmayman, lekin bu borada ham asta-sekin o‘rganishga harakat qilaman. – “Xorazm” muxlislari haqida fikringiz qanday?

– Muxlislarning jamoani faol qo‘llab-quvvatlashi meni hayratda qoldirdi. Ularning borligi bizga katta ruhiy yordam beradi.

– Transfer oynasida boshqa takliflar bo‘lganmi? – Ha, Qatardan taklif bo‘ldi, lekin men “Xorazm”ni tanladim.

Bu qarorni qabul qilishimda boshqa variantlarni ko‘rib chiqmadim. – Islom diniga e’tiqodingiz bormi?

– Ha, albatta, men Islom diniga e’tiqod qilaman. – Qaysi pozitsiyada o‘ynashni afzal ko‘rasiz?

– Men uchun qanot hujumchisi sifatida o‘ynash eng qulay hisoblanadi. – Kelajakdagi maqsadlaringiz qanday?

– Maqsadim – jamoaga ko‘proq yordam berish, gollar urish va samarali uzatmalar amalga oshirish. Bundan tashqari, o‘yin davomida imkoniyatlardan unumli foydalanib, jamoaning muvaffaqiyatiga hissa qo‘shishni istayman.

Manba: "Xorazm" matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026