ENRU

Frank Riberi "Epshteyn fayllari"da ayblovlarga duch keldi

Sport
13
Frank Riberi
So‘nggi kunlarda dunyo bo‘ylab katta shov-shuvga sabab bo‘lgan "Epshteyn fayllari" futbol olamiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur hujjatlar orasida Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi va Germaniyaning "Bavariya" klubi sobiq yulduzi Frank Riberining ismi tilga olingani e’tiborni tortdi. Bu haqda euro-football.ru sayti xabar bermoqda.

Vaziyat yuzasidan Frank Riberining advokati Karlo Alberto Bruza ijtimoiy tarmoqlarda bayonot bilan chiqdi. U tarqatilayotgan ma’lumotlarni asossiz va yolg‘on deb atadi.

"Bu yolg‘on! Ertaga men janob Riberining advokati sifatida chiqish qilib, mijozim va uning oilasining sha’niga zarar yetkazayotgan bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatayotganlarga nisbatan barcha zarur yuridik choralarni ko‘raman", — dedi advokat Bruza.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Frank Riberining ismi "Epshteyn fayllari"ning uch sahifasida qayd etilgan. Unda Riberi noqonuniy fohishabozlikka aloqadorlikda ayblangan.

Shuningdek, iddaolarga ko‘ra, Riberining iltimosiga binoan uchinchi shaxs orqali bir kishiga hujum uyushtirilgani ham qayd etilgan. Advokat bu ayblovlarni rad etar ekan, barcha huquqiy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatida birinchi bronza medalini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatida birinchi bronza medalini qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi birinchi medalini qo‘lga kiritdi. Yunon-rum kurashi 60 kilogram toifasida ishtirok etgan
SportBugun, 02:06
Inter Fiorentina ustida qiyin g'alaba qozondi
Inter Fiorentina ustida qiyin g'alaba qozondi
Inter Milano maydonida Fiorentina klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi va A Seriya jadvalidagi yetakchi o‘rni mustahkamlashtirdi. Bahsning asosiy vaqti yakuniga qadar
SportBugun, 02:04
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
O‘zbekiston Superligasining 25-turida Navoiyda bo‘lib o‘tgan markaziy uchrashuvda «Qizilqum» o‘z maydonida «Lokomotiv» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Turnir
SportBugun, 01:52
«Dinamo» va «Andijon» so‘nggi daqiqalarda durang o‘ynadi
«Dinamo» va «Andijon» so‘nggi daqiqalarda durang o‘ynadi
O‘zbekiston Superligasining 25-turi doirasida Samarqandda «Dinamo» o‘z maydonida «Andijon» klubini qabul qildi. Uchrashuv so‘nggi daqiqalarda hal bo‘lib, asabiy va
SportBugun, 01:25
«Lugano» Behruz Karimov ishtirokida «Tun»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi
«Lugano» Behruz Karimov ishtirokida «Tun»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi
Shveysariya chempionatining 11-turida safarda o‘ynagan «Lugano» klubi «Tun» jamoasiga 3:2 hisobida qiyin g‘alaba qozondi. Uchrashuv o‘zida beshta gol va so‘nggi
SportBugun, 01:25
«Oltin to‘p» g‘olibi marosim boshlanishigacha yopiq saqlanadi
«Oltin to‘p» g‘olibi marosim boshlanishigacha yopiq saqlanadi
2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofoti egasi atrofi bo‘lgan kutilgan va shov-shuvli xabarlar RMC Sport ma’lumotlari bilan rad etildi. Nashriyotga ko‘ra, g‘olib ismi marosim
SportBugun, 01:04