Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, В
ENRU

O‘zbekiston terma jamoasi AQShda qarorgohini tashkil etadi

Sport
47
O‘zbekiston terma jamoasi AQShda qarorgohini tashkil etadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati davomida o‘z qarorgohini AQShning Atlanta shahrida tashkil etadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qaror jamoamiz uchun nafaqat qulaylik, balki turnirning logistikasi nuqtayi nazaridan ham to‘g‘ri tanlovdir. Jamoamiz musobaqa davomida Atlanta Yunayted klubiga tegishli tayyorgarlik bazasida yashaydi va mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Atlanta shahri FIFA tomonidan Team Base Camp variantlari qatoriga kiritilgan bo‘lib, bu shahardagi bazalardan biri Atlanta United Training Centre hisoblanadi. FIFA qoidalariga muvofiq, terma jamoalar guruh bosqichi davomida o‘z uy bazalarida yashab, o‘yinlarga charter reyslar orqali borib-keladi.

Bu esa jamoaga bir shahardan boshqasiga ko‘chib yurmasdan, asosiy tayyorgarlik markazida qolish imkonini beradi. Shuningdek, jamoa bahsdan keyin yana o‘z qarorgohiga qaytadi.

FIFA 61 dan ortiq Team Base Camp lokatsiyasini tanlab qo‘ygan bo‘lib, bu bazalar jamoalarning yashashi, tiklanishi va mashg‘ulot o‘tkazishi uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, guruhimizdagi jamoalar orasida Portugaliya Palm Bich Gardensda, Kolumbiya esa Kolumbus shahrida joylashadi.

O‘zbekiston terma jamoasi uchun Atlanta nafaqat yashash manzili, balki mundialdagi katta orzu sari yo‘l olinadigan asosiy tayanch nuqtaga aylanadi. Jamoamiz aynan shu yerdan turib guruh bosqichidagi hal qiluvchi uchrashuvlarga hozirlik ko‘radi.

Bu esa muxlislar uchun ham qiziqarli manzara bo‘ladi, chunki tarixiy mundialda O‘zbekistonning Amerikadagi "uyi" Atlanta bo‘ladi. Manba: O‘FA matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026