Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Meyson Grinvud Saudiya klublariga o‘tishi mumkin

Sport
15
Meyson Grinvud Saudiya klublariga o'tishi mumkin
Fransiyaning "Marsel" futbol klubi tarkibida o‘ynayotgan 24 yoshli Meyson Grinvud kelasi mavsumdan boshlab Saudiya Arabistonida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

L’Equipe nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya klublari ingliz futbolchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Saudiya Arabistoni Pro ligasi vakillari jahon futboli yulduzlarini jalb qilish strategiyasini davom ettirib, Grinvud uchun katta mablag‘ ajratishga tayyor.

Hozircha Grinvudga qaysi aniq klub qiziqish bildirayotgani noma’lum. Ammo uning "Marsel"dagi muvaffaqiyatli o‘yinlari sababli Angliya va Ispaniyaning yetakchi jamoalari ham unga e’tibor qaratmoqda.

"Manchestr Yunayted" akademiyasida tarbiyalangan Grinvud 2024 yilda 26 million yevro evaziga "Marsel"ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda Grinvud ajoyib natijalar ko‘rsatdi.

U "Marsel" safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 8 ta golli pas berdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha davom etadi.

Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, Grinvudning hozirgi bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi. Kelajakda futbolchi qaysi klubga o‘tishini yaqin oylarda bilib olamiz.

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
SportBugun, 01:24
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
SportBugun, 00:56
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
SportBugun, 00:55
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
SportBugun, 00:32
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
SportBugun, 00:15
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
SportKecha, 23:53