Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Florentino Peres bosh murabbiy almashinuvidagi xatoni tan oldi

Sport
14

Florentino Peres bosh murabbiy almashinuvidagi xatoni tan oldi
Ispaniyaning "Real Madrid" klubi rahbari Florentino Peres bosh murabbiy lavozimidagi o‘zgarishlar borasida qarorlarida xatoga yo‘l qo‘yganini tan olgani haqida ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning fikricha, murabbiy almashinuzi to‘g‘ri vaqtda amalga oshirilmagan va bu klubning keyingi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Xabi Alonso 12 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga 2:3 hisobida yutqazganidan keyin bosh murabbiy lavozimidan ketgan edi.

Uning o‘rniga Alvaro Arbeloa tayinlangan. "ABC" gazetasining xabar berishicha, Peres Alonsoni bundan oldinroq, ya’ni dekabr oyi boshida "Selta"ga qarshi o‘yinda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan.

Biroq klub bosh direktori Xose Anxel Sanches bu qarorni shoshilinch qabul qilmaslikni maslahat bergan. Natijada vaqtida chora ko‘rilmagan va bu Arbeloaning ishini qiyinlashtirgan.

Peres Arbeloaning mehnatini qadrlashini va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini ta’kidlaydi, ammo uni kelgusi mavsumda bosh murabbiy sifatida qoldirish rejalashtirilmagan. Uning fikricha, na Alonso, na Arbeloa jamoadan kutilgan yuqori natijalarga erisha olmagan.

Klub rahbari jamoaning so‘nggi ikki mavsumga nisbatan yaxshiroq o‘ynayotganini tan oladi, lekin haqiqiy yutuqlar uchun dunyo darajasidagi murabbiy kerak, deb hisoblaydi. Shu sababli yozgi transferlar davrida murabbiy masalasi ham chuqur o‘rganilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, jamoa tarkibida katta o‘zgarishlar rejalashtirilmagan. Asosiy e’tibor markaziy va o‘ng qanot himoyasi, shuningdek yarim himoya chizig‘ini mustahkamlashga qaratilgan.

"Real" hozirda kelajak uchun bir qator transfer variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Jumladan, "Komo" jamoasidan Niko Pas va "Osasuna"dan Viktor Munosni qaytarish imkoniyati o‘rganilmoqda.

"Lion"da ijarada o‘ynayotgan Endrikning ham qaytishi rejalashtirilgan. Ba’zi yosh futbolchilar, jumladan Franko Mastantuono ijaraga berilishi mumkin, Gonsalo Garcia esa qayta sotib olish sharti bilan boshqa klubga sotilishi ehtimolda.

Hozirgi vaqtda "Real" Ispaniya chempionatida 32 turdan so‘ng 73 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinda turadi. Jamoa "Barselona"dan 6 ochko ortda qolmoqda, ammo kataloniyaliklar bir o‘yin kam o‘tkazgan.

Manba: One.uz

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
SportBugun, 01:24
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
SportBugun, 00:56
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
SportBugun, 00:55
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
SportBugun, 00:32
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
SportBugun, 00:15
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
SportKecha, 23:53