Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

«Sportskeeda» Portugaliya-O‘zbekiston uchrashuvini tahlil qildi, g‘olbahs kutilmoqda

Sport
14
«Sportskeeda» Portugaliya-O‘zbekiston uchrashuvini tahlil qildi, g‘olbahs kutilmoqda
Mashhur Sportskeeda sport nashri JCH-2026 guruh bosqichining ikkinchi turidan o‘rin olgan Portugaliya va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv haqida o‘z tahlili va prognozini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bo‘lajak bahsda Portugaliya terma jamoasi to‘p nazorati bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lishi kutilmoqda. Roberto Martines shogirdlari hujumkor yarim himoyachilar hamda tezkor qanot futbolchilari orqali O‘zbekiston mudofaasini bosqichma-bosqich yorib o‘tishga harakat qiladi.

Portugaliyaliklar to‘pni uzoq vaqt nazorat qilish, qisqa va tezkor uzatmalar orqali raqibni xatoga majburlash hamda darvoza oldida bir nechta xavfli vaziyat yaratishni maqsad qilgan. Biroq nashr bunday imkoniyatlarni golga aylantirish uchun Portugaliya futbolchilaridan yuqori samaradorlik talab etilishini ta’kidladi.

Chunki O‘zbekiston terma jamoasi raqib hujumlariga qarshi tartibli va matonatli himoya namoyish etishi kutilmoqda. Sportskeeda «Oq bo‘rilar»ning asosiy quroli intizom, jamoaviy harakat va zich mudofaa bo‘lishini qayd etgan.

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro futbolchilarga yanada tartibli o‘yin uslubini singdirish va himoya chizig‘idagi bo‘shliqlarni kamaytirish ustida ishlamoqda. O‘zbekistonlik futbolchilar raqibga erkin hudud qoldirmaslik, jarima maydoni yaqinida maksimal darajada ehtiyotkor harakat qilish va qarshi hujumlarda o‘z imkoniyatlarini izlashga urinadi.

Shu bilan birga, nashr Portugaliyaning hujum salohiyati O‘zbekistonning zich himoyasini yorib o‘tish uchun yetarli darajada kuchli, deb hisoblamoqda. «Biz Martines shogirdlarining g‘alabasini kutayapmiz.

Prognozimiz — Portugaliya foydasiga 2:0», — deb yozdi manba. Portugaliya va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuv 23 iyun kuni AQSHning Xyuston shahrida bo‘lib o‘tadi.

Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Qog‘ozda Portugaliya uchrashuv favoriti hisoblansa-da, O‘zbekiston terma jamoasi maydonda tartibli harakat qilib, turnirning yulduzli jamoasiga munosib qarshilik ko‘rsatish niyatida.

One.uz

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026