ENRU

O‘zbek grossmeysterlar tarixiy rekordlarni qayd etdi

Sport
13
O‘zbek grossmeysterlar tarixiy rekordlarni qayd etdi
Xalqaro shaxmat olamida eng yuqori unvon — grossmeysterlik darajasiga bolalik chog‘ida erishgan noyob iqtidorlar doimo sport jamoatchiligining diqqat markazida bo‘lib kelgan. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Dunyo shaxmati tarixidagi eng yosh 10 nafar grossmeyster qayd etilgan rasmiy reyting yangilanib borayotgan bo‘lsa-da, ushbu tarixiy ro‘yxatda O‘zbekiston shaxmat maktabining ikki nafar porloq yulduzi — Javohir Sindarov hamda Nodirbek Abdusattorov munosib o‘rin egallab turibdi. O‘zbek vunderkindlarining tarixiy natijalari Mamlakatimiz yosh grossmeysterlari o‘z vaqtida butun dunyoni hayratga solgan rekordlarni qayd etishgan.

2018 yilda barcha grossmeysterlik talablarini bajargan paytida Javohir Sindarov endigina 12 yosh, 10 oylik (va 8 kunlik) edi. U o‘sha davrda Sergey Karyakindan keyin shaxmat tarixidagi eng yosh ikkinchi grossmeyster sifatida rasman tan olingan edi.

Keyinchalik jahon chempioniga aylangan yana bir hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ushbu elitar ro‘yxatdan joy olgan. U mazkur yuksak unvonni 13 yosh, 1 oy va 11 kunligida qo‘lga kiritib, shaxmat tarixidagi eng tezkor grossmeysterlar TOP-10 taligidan mustahkam o‘rin olgan.

Abhimanyu Mishra — taxtdagi mutlaq rekordchi Shaxmat tarixidagi mutlaq rekord 2021 yildan beri hindistonlik yosh yulduz Abhimanyu Mishraga tegishli bo‘lib qolmoqda. U rekordni 12 yoshu 4 oyligida yangilab, Sergey Karyakinning 19 yillik ustunligiga barham bergan edi.

Shaxmat tarixidagi eng yosh grossmeysterlar: TOP-6 Sayyoramizning eng yosh aql-idrok egalari ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan: Abhimanyu Mishra — 12 yosh, 4 oy, 25 kun; Faustino Oro — 12 yosh, 6 oy, 26 kun; Sergey Karyakin — 12 yosh, 7 oy, 0 kun; Gukesh Dommaraju — 12 yosh, 7 oy, 17 kun; Yag‘iz Kaan Erdog‘mush — 12 yosh, 9 oy, 29 kun; Javohir Sindarov — 12 yosh, 10 oy, 8 kun. O‘zbek shaxmatchilarining mazkur nufuzli reytingda dunyoning eng sara yulduzlari bilan yonma-yon turishi O‘zbekistonning bugungi kunda jahon shaxmat derjavasiga aylangani tasodif emasligini yana bir bor isbotlaydi.

Manba: One.uz

O‘xshash yangiliklar

Ergashev raqiblarning darajasini yuqori baholamadi
Ergashev raqiblarning darajasini yuqori baholamadi
Professional boksning birinchi yarim o‘rta vazn toifasida uchrayotgan Shohjahon Ergashev ijtimoiy tarmoqlarda unga jang chaqiruv yuborgan raqiblariga keskin javob
SportBugun, 10:58
Olimpiya chempioni Jamalov chetlashtirildi Cho'liboyev jamoa tarkibida
Olimpiya chempioni Jamalov chetlashtirildi Cho'liboyev jamoa tarkibida
Ostona shahrida 24 oktyabrdan 1 noyabrgacha bo'lib o'tadigan erkin kurash bo'yicha Jahon chempionati boshlanishiga kunlar qoldi. Musobaqaga tayyorlanayotgan O'zbekiston
SportBugun, 10:24
Dastin Pore Temirovning nokaut kuchini ajratib ko'rsatdi
Dastin Pore Temirovning nokaut kuchini ajratib ko'rsatdi
UFC yengil vazn toifasining sobiq vaqtinchalik chempioni Dastin Pore 24-oktabr kuni kechiriladigan Ramazon Temirov va Loner Kavana o‘rtasidagi muhim to‘qnashuv haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda
SportBugun, 09:59
«Rossiya» noyabrda «O'zbekiston» va «Venesuela» bilan o'ynaydi
«Rossiya» noyabrda «O'zbekiston» va «Venesuela» bilan o'ynaydi
Rossiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuvlar va raqiblar haqida fikr bildirdi.
SportBugun, 09:51
Temirov Abu-Dabida Kavana bilan janglaydi
Temirov Abu-Dabida Kavana bilan janglaydi
O'zbekistonlik MMA sportchisi Ramazon Temirov Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan "UFC 333" turnirida ingliz jangchisi Loner Kavanaga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bu
SportBugun, 09:25
Karpin O'zbekiston va Venesuelani juda kuchli raqiblar deb atadi
Karpin O'zbekiston va Venesuelani juda kuchli raqiblar deb atadi
Rossiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin noyabr oyidagi xalqaro yig‘in doirasida O‘zbekiston va Venesuela terma jamoalariga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlari borasida
SportBugun, 09:00