Karpin O'zbekiston va Venesuela o'yinlari uchun 36 futbolchini chaqirdi

Rossiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin 2026 yil noyabr oyidagi FIFA kunlari uchun 36 futbolchidan iborat kengaytirilgan ro'yxatni e'lon qildi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Yig'in doirasida jamoa 12 noyabr kuni Toshkentda O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi, 17 noyabr kuni esa Krasnodarda Venesuela bilan o'rtashtiradi. Ro'yxatning eng katta qismi Yevropa va Amerika qit'alarining yetakchi klublarida o'ynaydigan legionerlardan iborat.
Toshkentga keladigan bosh yulduzlar Valeriy Karpin Yevropa va MLS arenalarida to'p surayotgan yetakchi o'yinchilarni chaqirgan. Fransiya chempioni "PSJ" darvozaboni Matvey Safonov, "Monako" yulduzi Aleksandr Golovin, "Real Sosedad" himoyachisi Arsen Zaxaryan va "Galatasaroy" futbolchisi Aleksey Batrakov ro'yxatda.
AQSH "Atlanta Yunayted" klubining yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk ham Toshkentdagi bahsga shaylanmoqda. Pozitsiyalar bo'yicha to'liq tarkib Darvozabonlar qatorida Denis Adamov, Stanislav Agkatsev, Aleksandr Maksimenko, Anton Mitryushkin, Matvey Safonov va Maksim Borisko chaqirilgan.
Himoya chizig'ida Kirill Danilov, Danil Krugovoy, Igor Dmitriyev, Ruslan Litvinov, Andrey Langovich, Viktor Melyoxin, Yevgeniy Morozov, Aleksandr Silyanov, Mingiyan Beveyev, Ilya Vaxaniya, Turpal-Ali Ibishev va Maksim Osipenko o'rin egallagan. Yarim himoya qatorida "SSKA" uchchasi Kirill Glebov, Matvey Kislyak, Ivan Oblyakov, "Spartak" juftligi Danil Prutsev, Nail Umyarov, "Dinamo" futbolchisi Daniil Glebov, "Zenit" o'yinchisi Artyom Karpukas, "Rostov" himoyachisi Aleksey Mironov va legionerlar Aleksey Batrakov, Arsen Zaxaryan bor.
Hujumda Yaroslav Gladishev, Konstantin Tyukavin, Nikolay Komlichenko, Sergey Pinyayev, Aleksandr Sobolev, Lechi Sadulayev, Aleksandr Golovin va Aleksey Miranchuk nomi keltirilgan. 12 noyabr kuni Toshkentda kechadigan uchrashuv ikkala jamoa uchun ham yuksak prinsipial ahamiyatga ega, muxlislar uchun haqiqiy yulduzlar to'qnashuviga aylanishi kutilmoqda.
Manba: One.uz





