Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 13 noyabr
+6°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Xabbl teleskopi yulduzlararo kometani aniq suratga oldi

Texnologiya
84
Xabbl teleskopi yulduzlararo kometani aniq suratga oldi
AQSHning AP News agentligi xabariga ko‘ra, mashhur Xabbl kosmik teleskopi ilk bor boshqa yulduz tizimidan kelgan yuqori tezlikdagi kometaning eng aniq suratlarini oldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu obyekt 3I-Atlas deb nomlangan kometa bo‘lib, insoniyat tomonidan qayd etilgan uchinchi ma’lum yulduzlararo jism hisoblanadi. Astronomlar bu kometani faqat o‘tgan oyda aniqlashgan va uning Yerga xavf solmasligi ma’lum qilingan.

Ilk taxminlarga ko‘ra, kometaning muzli yadrosi bir necha o‘n kilometrga teng deb hisoblangan edi. Biroq Xabbl teleskopi olib borgan kuzatuvlar natijasida uning yadrosi diametri taxminan 5,6 kilometr ekanligi aniqlandi.

Bu yulduzlararo kometa soatiga 209 ming kilometr tezlikda harakat qilmoqda. U Yerga emas, balki Marsga yaqinroq masofadan o‘tadi va har ikkala sayyora uchun xavf tug‘dirmaydi.

Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, kometa bizdan taxminan 446 million kilometr uzoqlikda joylashgan. Xabbl tomonidan olingan suratlarda kometaning atrofini qoplagan tomchisimon chang qatlami va undan uzun changli dum paydo bo‘layotgani ko‘rsatildi.

Bu holat uning yuqori tezlikda harakat qilayotganini hamda yorug‘lik va issiqlik ta’sirida o‘zgarib borayotganini bildiradi. Shu tariqa, 3I-Atlas kometasi kosmik olimlar uchun yangi ma’lumotlar va kashfiyotlar manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026