Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+15°
переменная облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Meta 24 yoshli AI mutaxassisiga 250 million dollar taklif qildi

Texnologiya
152
Meta 24 yoshli AI mutaxassisiga 250 million dollar taklif qildi
Sun’iy intellekt sohasida raqobat tobora kuchayib borar ekan, yosh mutaxassislar texnologiya kompaniyalari uchun katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Yaqinda The New York Times nashrida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, Meta kompaniyasi 24 yoshli sun’iy intellekt mutaxassisi Mett Deytkega to‘rt yillik ish uchun 250 million dollar miqdorida shartnoma taklif qilgan. Meta asoschisi Mark Sukerberg shaxsan Deytkega murojaat qilib, uni kompaniyaning “superintellekt” nomli yangi tadqiqot loyihasiga taklif qilgan.

Bu loyiha inson aqlidan yuqori imkoniyatlarga ega sun’iy intellekt yaratishga qaratilgan. Mett Deytke esa hozirda o‘zining startapini boshqarayotgani sababli taklifni jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Dastlab Meta taklifi 125 million dollar bo‘lgan, ammo yosh mutaxassis bu summani kam deb hisoblab, rad javobini bergan. Keyinchalik taklif ikki barobarga oshirilib, 250 million dollarga yetkazilgan.

Yangi shartlarda Deytke birinchi yilda 100 million dollar olishi mumkinligi aytilmoqda. Manbalarga ko‘ra, Deytke bu katta mablag‘ni ko‘rmaganligi uchun qaror qabul qilishda qiynalgan va yaqinlari hamda maslahatchilaridan yordam olgan.

Bir necha kunlik muhokamalardan so‘ng, u shartnomani qabul qilishga qaror qilgan. 2025 yilda sun’iy intellekt mutaxassislarini jalb qilish jarayoni sportdagi transferlarga o‘xshab ketmoqda.

Meta, Microsoft, Google va OpenAI kabi yirik kompaniyalar bir-birining mutaxassislarini faol ravishda o‘z safiga qo‘shmoqda. Internetda esa ish takliflari sport shartnomalari kabi e’lon qilinmoqda.

Bu holat sohadagi raqobat va mutaxassislar qadri oshayotganidan dalolat beradi.

O‘xshash yangiliklar

Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple kompaniyasining buklanadigan iPhone Duo smartfonlarida ekran bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Foydalanuvchilar qurilmadan
Texnologiya18:36, 25-10-2026