Bugun
Singapurda kitob o'qigan aholiga haqiqiy pul to'lanadigan bo'ldi
+33°
переменная облачность ветер 4 м/с, З
ENRU

Toshkentda agro-fotovoltayik loyiha ishga tushiriladi

Texnologiya
39
Toshkentda agro-fotovoltayik loyiha ishga tushiriladi
Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligi yerlaridan ikki yo‘nalishda foydalanish imkonini beruvchi noyob loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi markazi ma’lum qildi. Toshkent tumanida “Agri-PV” agro-fotovoltayik loyihasiga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.

Tadbir Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti binosida o‘tkazildi. Unda mahalliy aholi vakillari, davlat tashkilotlari mutasaddilari hamda ekologik ekspertlar ishtirok etdi.

Eshituvida loyihaning maqsadlari, amalga oshirish bosqichlari va atrof-muhitga ta’siri haqida batafsil ma’lumot berildi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 sentyabrdagi 220-son farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi 541-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Uni “Business Advanced Experts” MCHJ va fransuzlarning “VOLTALIA” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilgan. Quyosh stansiyasi quvvati 507,78 kVt/s bo‘lib, 1,5 gektar yer maydonida quriladi.

Loyihaning bir gektar qismida 819 ta quyosh paneli o‘rnatiladi. Qurilish ishlari 2025 yil avgust oyida boshlanib, 2026 yil fevralga qadar yakunlanadi.

Agro-fotovoltayik texnologiyasi qishloq xo‘jaligi yerlaridan ikki tomonlama foydalanishga imkon yaratadi. Bu orqali yerda poliz va sabzavot ekinlari yetishtirilishi bilan birga elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Natijada suv resurslari tejaladi, hosildorlik oshadi va fermerlar uchun qo‘shimcha daromad manbai paydo bo‘ladi. Shuningdek, qurilish jarayonida 25 nafar ishchi ish bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Jamoatchilik eshituvida loyihaning ekologik va ijtimoiy ta’siri ham muhokama qilindi. Qurilish paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shovqin, chiqindilar va havo changalanishi kabi muammolar haqida ma’lumot berildi.

Ularni kamaytirish uchun chiqindilarni alohida yig‘ish, maxsus poligonlarga chiqarish, qurilish maydonini suv bilan namlash va og‘ir texnikadan faqat kunduzgi soatlarda foydalanish kabi chora-tadbirlar ko‘rilishi ta’kidlandi. Bu loyihaning atrof-muhitga zarar yetkazmasdan amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Yerga yaqin masofadagi xavfli osmon jismlari soni rekord darajaga yetdi
Yerga yaqin masofadagi xavfli osmon jismlari soni rekord darajaga yetdi
Astronomlar Yer orbitasiga yaqin masofada harakatlanuvchi va sayyoramiz yo‘nalishi bilan kesishish ehtimoli bo‘lgan osmon jismlari soni 40 000 taga yetganini e’lon
TexnologiyaBugun, 03:45
Starlink va Yaponiya kompaniyasi uzoq hududlarni internet bilan ta'minlaydi
Starlink va Yaponiya kompaniyasi uzoq hududlarni internet bilan ta'minlaydi
Ilon Maskka tegishli Starlink kompaniyasi Osiyo mintaqasida ilk bor yangi avlod sun'iy yo'ldoshlarini joriy etish maqsadida Yaponiyaning yirik aloqa operatori bo'lmish au (KDDI) bilan strategik
TexnologiyaBugun, 03:38
Huawei suniy intellekt tizimlarini yangilash bo'yicha yangi strategiyasini e'lon qildi
Huawei suniy intellekt tizimlarini yangilash bo'yicha yangi strategiyasini e'lon qildi
Xitoyning texnologiya sohasidagi yetakchi korxonasi Huawei 2027-yilga qadar sun’iy intellekt modellarini o‘qitish tizimini tubdan yangilashni va bu borada yuqori samaradorlikka erishishni maqsad
TexnologiyaBugun, 03:19
Panamada smartfonlar uchun to'g'ridan-to'g'ri sun'iy yo'ldosh aloqasi yo'lga qo'yildi
Panamada smartfonlar uchun to'g'ridan-to'g'ri sun'iy yo'ldosh aloqasi yo'lga qo'yildi
Panama Respublikasida Starlink kompaniyasi mahalliy MasMovil operatori bilan hamkorlikda yangi avlod mobil sunʼiy yoʻldosh aloqasi xizmatini ishga tushirdi. Ushbu
TexnologiyaBugun, 03:08
AQSHda yirik texnologiya kompaniyalari patent huquqini buzganlikda ayblanmoqda
AQSHda yirik texnologiya kompaniyalari patent huquqini buzganlikda ayblanmoqda
Amerika Qoʻshma Shtatlari Xalqaro savdo komissiyasi (USITC) dunyoning eng yirik texnologiya kompaniyalari hisoblangan Apple, Samsung va Google korporatsiyalariga nisbatan keng koʻlamli tekshiruv
TexnologiyaBugun, 02:44
Yangi avlod «iPhone 18 Pro» smartfoni to'liq qismlarga ajratildi
Yangi avlod «iPhone 18 Pro» smartfoni to'liq qismlarga ajratildi
Jahon bozorida yangi avlod iPhone 18 Pro smartfonlari sotuvga chiqishi bilan texnologiya ixlosmandlari eʼtiborini tortgan ilk videolavhalar tarqaldi. Mutaxassislar
TexnologiyaBugun, 02:37