ENRU

ReOrbit 35 million yevro investitsiya oldi

Texnologiya
36
ReOrbit 35 million yevro investitsiya oldi
Yevropada joylashgan ReOrbit kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh aloqasini rivojlantirish va SpaceX kompaniyasining Starlink tizimiga raqobat qilish maqsadida 35 million yevro miqdorida investitsiya jalb qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu mablag‘ taxminan 460 milliard so‘mga teng bo‘lib, kompaniya tarixidagi eng katta sarmoya hisoblanadi. ReOrbit kompaniyasi Finlyandiya Respublikasida tashkil etilgan bo‘lib, yuqori texnologiyali va modulli sun’iy yo‘ldosh platformalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan.

Uning asosiy maqsadi Yevropa hududida mustaqil sun’iy yo‘ldosh infratuzilmasini yaratish hamda ma’lumot uzatish xizmatlarini mahalliylashtirishdir. Olingan mablag‘ yangi sun’iy yo‘ldoshlarni yaratish, ularni sinovdan o‘tkazish va orbitaga chiqarish jarayonlariga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, kompaniya tezkor, xavfsiz va Yevropa standartlariga mos keladigan sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini barpo etishni rejalashtirmoqda. ReOrbit 2026 yilda birinchi sun’iy yo‘ldoshini orbitaga uchirishni ko‘zda tutmoqda.

Bu loyiha Yevropada raqobatbardosh va mustaqil sun’iy yo‘ldosh aloqasi tizimini shakllantirishda muhim qadam hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
TexnologiyaBugun, 12:29
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026