Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+19°
ясно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

X ijtimoiy tarmog‘i yangi premium obunani taqdim etdi

Texnologiya
56
X ijtimoiy tarmog‘i yangi premium obunani taqdim etdi
Seshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘i Verified Organizations nomli yangi premium obuna xizmatini taklif qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu xizmat biznes va davlat tashkilotlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, endi ikki turga ajratiladi: Premium Business va Premium Organizations. Premium Organizations davlat va xalqaro tashkilotlarga mo‘ljallangan bo‘lib, sivoy rangli belgi bilan ajralib turadi.

Premium Business esa kichik va yirik bizneslar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, unga tilla rangli belgi beriladi. Premium Business xizmatining uch turi mavjud: Basic, Full Access va Enterprise.

Ushbu xizmat orqali bizneslar ishonchlilik darajasini oshirish, yangi mijozlarga erishish va affiliate belgilar yordamida ko‘rinishni kuchaytirish imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, soxtakorlikdan himoya, tezkor mijozlar xizmati va boshqa qulayliklar taqdim etiladi.

Premium Business obunasi kadrlarni tanlash, brendni kuzatish va SuperGrok xizmatidan foydalanish kabi qo‘shimcha funksiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Yaqin kelajakda faol bo‘lmagan “priority handles” yoki ilg‘or foydalanuvchi nomlari bepul taqdim etilishi rejalashtirilgan, qimmatli nikneymlar esa sotib olinishi mumkin bo‘ladi.

Basic obuna oyiga taxminan 2 480 000 so‘m (200 dollar), Full Access esa 12 400 000 so‘m (1000 dollar) turadi. Enterprise toifasi esa alohida shartlar asosida narxlanadi.

Premium Organizations uchun ham oylik to‘lov 1000 dollar miqdorida belgilanmoqda. Shuningdek, cheklangan muddat davomida obunachilar to‘lagan mablag‘larini reklama krediti sifatida 100 foiz qaytarib olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Bu xizmatlar biznes va davlat tashkilotlarining raqamli maydondagi faoliyatini yanada samarali qilishga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple kompaniyasining buklanadigan iPhone Duo smartfonlarida ekran bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Foydalanuvchilar qurilmadan
Texnologiya18:36, 25-10-2026