ENRU

Apple iPhone 20 modelini 2027 yilda taqdim etadi

Texnologiya
57
Apple iPhone 20 modelini 2027 yilda taqdim etadi
Apple kompaniyasi 2027 yilda iPhone brendining 20 yilligini alohida nishonlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Koreyaning ETNews nashrining xabar berishicha, kompaniya an’anaviy raqamlashtirish tartibini o‘zgartirib, iPhone 19 modelini chiqarishni bekor qilgan. Shu sababli, to‘g‘ridan to‘g‘ri iPhone 20 modeli taqdim etiladi.

Omdia tahlilchisi Xo Mu-Yolning fikriga ko‘ra, Apple bu qaror bilan brend tarixiga ramziy e’tibor qaratmoqchi. Shu bilan birga, yangi bosqichni estetik jihatdan ifodalashni maqsad qilgan.

Kompaniya “19” raqamini o‘tkazib, yubiley modeli sifatida iPhone 20 ni taqdim etadi. Bu Apple uchun yangi holat emas.

2017 yilda ham shunga o‘xshash yondashuv qo‘llanilgan edi. Kompaniya iPhone 9 modelini chiqarish o‘rniga, 10 yillik yubiley munosabati bilan iPhone 8 va iPhone X modellarini bir vaqtda taqdim etgan.

Bu holat brendning raqamiy tartibdan ko‘ra, ramziy va marketing jihatidan ustunlikka ega ekanligini ko‘rsatgan. Mutaxassislarning fikricha, iPhone 20 nafaqat yubiley modeli bo‘ladi, balki yangi dizayn va ilg‘or texnologiyalar bilan kompaniya tarixidagi eng muhim qurilmalardan biri hisoblanadi.

Apple bu qadam bilan texnologiya olamida katta e’tibor qozonishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
TexnologiyaKecha, 18:42
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
TexnologiyaKecha, 10:33
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple kompaniyasining buklanadigan iPhone Duo smartfonlarida ekran bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Foydalanuvchilar qurilmadan
Texnologiya18:36, 25-10-2026