Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+19°
ясно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Apple iPhone 19 modelini o‘tkazib yuboradi

Texnologiya
47
Apple iPhone 19 modelini o‘tkazib yuboradi
Apple kompaniyasi 2027-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan iPhone 19 seriyasini taqdim etmaslikka qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Koreyaning ETNews nashri Omdia kompaniyasining tahlilchisi Xo M-u-Yol fikrlariga asoslanib ma’lumot berdi. Kompaniya 19-sonli modelni o‘tkazib yuborib, to‘g‘ridan to‘g‘ri iPhone 20 seriyasini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Bu qaror Apple uchun muhim ahamiyatga ega, chunki 2027-yil iPhone lineykasining 20-yillik yubileyi hisoblanadi. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, bu qadam brend tarixidagi estetik va strategik o‘zgarishlarni ifodalaydi.

Apple mahsulotlarida nafaqat texnologiya, balki dizayn va nomlash orqali avlodlar almashinuvi hissini yaratishga intiladi. Shu sababli 19-sonli seriyani o‘tkazib yuborib, yangi bosqichni ramziy tarzda boshlashni maqsad qilgan.

Bu Apple tarixida ilk bor sodir bo‘layotgan holat emas. 2017-yilda kompaniya iPhone 9 modelini taqdim etmay, 10-yillik yubiley munosabati bilan iPhone 8 va iPhone X modellarini chiqarib, yangi texnologik davrni boshlab bergan edi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, iPhone 20 seriyasi kompaniya tarixidagi eng inqilobiy qurilmalardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Yangi modellar nafaqat dizayn va kamera sohasida, balki sun’iy intellekt imkoniyatlari, energiya tejamkorligi va integratsiyalangan operatsion tizimda ham sezilarli o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.

Shunday qilib, Apple o‘zining 20-yillik tarixini nafaqat nom bilan, balki yangi texnologik bosqich bilan nishonlamoqchi. Foydalanuvchilar esa ushbu seriya orqali kompaniyaning yangi davr boshlanishini kutmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple kompaniyasining buklanadigan iPhone Duo smartfonlarida ekran bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Foydalanuvchilar qurilmadan
Texnologiya18:36, 25-10-2026