ENRU

HUMO va Alipay+ xalqaro QR-to‘lovlarni yo‘lga qo‘ydi

Texnologiya
80

HUMO va Alipay+ xalqaro QR-to‘lovlarni yo‘lga qo‘ydi

Milliy to‘lov tizimi HUMO va xalqaro to‘lov platformasi Alipay+ (Ant International tarkibida) xalqaro QR-to‘lovlarni rivojlantirish maqsadida hamkorlik o‘rnatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 

Ushbu kelishuv Pekinda imzolanganligi Business Wire tomonidan ma’lum qilindi. Dastlabki bosqichda HUMO foydalanuvchilari o‘z bank ilovalari yoki elektron hamyonlari orqali xorijda, xususan, Xitoy, Qozog‘iston, Tailand, Birlashgan Arab Amirliklari va Amerika Qo‘shma Shtatlarida so‘mda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Alipay+ tizimiga birinchi bo‘lib Octobankning Octomobile elektron hamyoni integratsiya qilinadi. Yil oxirigacha boshqa HUMO ishtirokchilari ham ushbu tizimga qo‘shilishi rejalashtirilgan.

Hamkorlik shuningdek, Alipay+ foydalanuvchilariga O‘zbekistondagi savdo nuqtalarida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bu esa turizm va chakana savdo sohalarida yangi imkoniyatlar yaratadi.

HUMO boshqaruv kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Maksad Muxitdinovning ta’kidlashicha, mazkur kelishuv o‘zbekistonlik foydalanuvchilarga butun dunyo bo‘ylab sayohat qilish va to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratadi, biznes uchun esa auditoriyani kengaytirish imkonini taqdim etadi. Hozirgi kunda HUMO tizimida mamlakatdagi 35 ta bank va 42 ta no-bank moliyaviy tashkilot birlashgan.

Alipay+ning Janubi-Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Janubiy Osiyo bo‘yicha bosh menejeri Edvard Yue hamkorlik Alipay+ning Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirib, 45 milliondan ortiq raqamli hamyon foydalanuvchilarini qamrab olishini ta’kidladi. Alipay+ 40 dan ortiq elektron hamyon va bank ilovalarini, shuningdek, 10 ta milliy QR-to‘lov tizimlarini birlashtirgan bo‘lib, 1,8 milliard iste’molchi akkauntlari va 100 milliondan ortiq savdo nuqtalarini bog‘laydi.

Bu hamkorlik mintaqaviy to‘lov infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
TexnologiyaBugun, 12:29
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026