ENRU

Xiaomi yangi issiq bug‘li simsiz pol tozalagichni taqdim etdi

Texnologiya
65
Xiaomi yangi issiq bug'li simsiz pol tozalagichni taqdim etdi
Xiaomi kompaniyasi qattiq pol yuzalarini tozalash uchun maxsus mo‘ljallangan yangi simsiz changyutgichni taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu qurilma Mijia Floor Scrubber 5 Max deb nomlangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida uchta turli tozalash usulini birlashtiradi. Ushbu tizim issiq bug‘, qalin ko‘pik va yuqori haroratdagi suv yordamida ishlaydi.

Ishlab chiquvchilarning aytishicha, yangi uskunaning asosiy maqsadi kuchli kirni, yog‘li dog‘larni va yopishqoq suyuqliklarni oddiy pol tozalagichlarga qaraganda ancha samaraliroq olib tashlashdir. Yangi model 160 gradus haroratdagi issiq bug‘ni ishlatadi.

Bu esa kirni bo‘shashtirish, qiyin chiqadigan dog‘larni olib tashlash va yuzalarni ta’mirlashga yordam beradi. Shu bilan birga, qurilma yog‘li izlarni yo‘qotish uchun maxsus ko‘pikni sepadi.

Sharbat yoki shirin suyuqliklardan qolgan izlarni yumshatish uchun esa 90 gradus issiq suv ishlatiladi. Qurilmaning so‘rish quvvati 28 000 pasxalgacha yetib boradi.

Unda ho‘l va quruq chiqindilarni tozalash uchun maxsus rolikli cho‘tka hamda soch o‘ralib qolishini oldini olish uchun to‘rt qatlamli kesgich o‘rnatilgan. Yangi changyutgichda infraqizirli sensorlar yordamida chetlarni tozalash texnologiyasi ham mavjud.

Bu funksiya qurilmaga devorlar, mebel oyoqlari va shkaf chetlariga yaqin joylarni ham mukammal tozalash imkonini beradi. Texnik xizmat ko‘rsatish jarayonini osonlashtirish maqsadida qurilma o‘z-o‘zini tozalash rejimiga ega.

U avtomatik ravishda qaynoq suv bilan yuviladi, dezinfeksiya qilina va so‘ngra rolik issiq havo bilan quritiladi. Batareya sig‘imi 6300 milliamper soatni tashkil qiladi va bu qurilmani uzluksiz 70 daqiqa davomida ishlatish imkonini beradi.

Qurilma bir litrli toza suv idishi va 700 millilitrlik iflos suv konteyneri bilan jihozlangan. Shuningdek, u aqlli uy tizimlari bilan bog‘lanish qobiliyatiga ega bo‘lib, rangli displey orqali ishlash rejimi va batareya holati haqida ma’lumot beradi.

Ushbu yangi model hozirda Xitoydagi YouPin platformasida 2999 yuandan sotuvga qo‘yilgan.

O‘xshash yangiliklar

Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
TexnologiyaKecha, 18:42
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
TexnologiyaKecha, 10:33
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple kompaniyasining buklanadigan iPhone Duo smartfonlarida ekran bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Foydalanuvchilar qurilmadan
Texnologiya18:36, 25-10-2026