Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 17 noyabr
+10°
qisman bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Apple rahbarlar tarkibida kadrlar almashinuvi amalga oshiriladi

Texnologiya
40
Apple rahbarlar tarkibida kadrlar almashinuvi amalga oshiriladi
Apple kompaniyasida yuqori lavozimli rahbarlar tarkibi o‘zgarishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kompaniya rasmiy xabariga ko‘ra, Tim Kuk Kengashning ijrochi raisi lavozimiga o‘tadi, uning o‘rnini esa yangi bosh direktor sifatida Jon Ternus egallaydi. Ushbu kadrlar almashinuvi 2026 yilning 1 sentyabr kunidan boshlab rasman kuchga kirishi belgilangan.

Yangi tartibga muvofiq, Tim Kuk joriy yilning yoz faslida Jon Ternus bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bu chora boshqaruv jarayonining uzluksiz va xavfsiz o‘tishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Ijrochi rais lavozimida Tim Kuk kompaniyaning strategik yo‘nalishlari, xususan, davlat organlari va siyosatchilar bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanadi. Tim Kuk o‘z faoliyati davomida bosh direktorlik lavozimini egallaganini hayotidagi eng katta sharaf deb atadi.

U Jon Ternusning muhandislik qobiliyati, yangiliklar yaratishga bo‘lgan ishtiyoqi hamda halolligi haqida yuqori baho berdi va uni kompaniyani kelajak sari yetaklash uchun eng munosib nomzod ekanini ta’kidladi. O‘z navbatida, Jon Ternus Apple kompaniyasining asosiy maqsadlari yo‘lida xizmat qilish imkoniyatidan mamnunligini bildirdi.

U Stiv Jobs va Tim Kuk kabi tajribali rahbarlar ostida ishlaganini o‘zining omadi deb hisoblaydi hamda kelgusi yillarda erishiladigan natijalardan katta umidlar bog‘laydi. Shuningdek, 15 yil davomida kompaniyaning ijrochi bo‘lmagan raisi lavozimida faoliyat yuritgan Artur Levinson 2026 yilning sentyabr oyidan boshlab mustaqil direktorga aylanadi.

Jon Ternus ham aynan shu sanadan boshlab direktorlar kengashining a’zosiga kiradi. Artur Levinson Tim Kukning rahbarligi ostida Apple dunyodagi eng yetakchi kompaniyalardan biriga aylanganini qayd etdi.

U Jon Ternusni Tim Kukning munosib vorisi deb bilishi va uning boshqaruvi ostida korxona yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishiga ishonchi komiligini ma’lum qildi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026