ENRU

Samsung Galaxy S27 Ultra Exynos 2700 protsessorini qo'llashni o'rganmoqda

Texnologiya
34
Samsung Galaxy S27 Ultra Exynos 2700 protsessorini qo'llashni o'rganmoqda
Samsung kompaniyasi kelajakdagi flagman smartfonlarini ishlab chiqarish strategiyasida jiddiy o‘zgarishlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Ixbt.com ma’lumotiga ko‘ra, texnologiya giganti Galaxy S27 Ultra modelida o‘zining maxsus Exynos 2700 protsessoridan foydalanish imkoniyatini o‘rganmoqda. Agar ushbu rejalar amalga oshsa, bu so‘nggi yillardagi Ultra turkumidagi eng tub burilishlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Bu haqda Ixbt.com xabar beradi. Avvalgi yillarda Samsung o‘zining Exynos chiplarini faqat bazaviy Galaxy S va Galaxy S Plus modellarida qo‘llab, Ultra versiyalarini doimiy ravishda Qualcomm protsessorlari bilan ta’minlab kelgan edi.

Biroq, taniqli insayder Schrodinger tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya Exynos 2700 ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirib, uni eng ilg‘or Ultra versiyasiga ham o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Bunday qarorga kelinishining asosiy sabablaridan biri sifatida yangi protsessorning dastlabki ishlash ko‘rsatkichlari ko‘rsatilmoqda.

Dastlabki sinov natijalari Exynos 2700 bozordagi yetakchi Qualcomm chiplari bilan raqobatota qila olishini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, moliyaviy omil ham muhim rol o‘ynaydi: o‘z platformasini keng miqyosda ishlab chiqarish kompaniyaga tashqi yetkazib beruvchilardan qimmat butlovchi qismlarni sotib olishdan ko‘ra teshiroq tushishi mumkin.

Kutilayotgan dizayn va imkoniyatlar Shuni ta’kidlash kerakki, hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan va jarayon o‘zgarishi mumkin. Biroq, kelgusi avlod Ultra smartfoni faqatgina protsessor borasida emas, balki boshqa jihatlari bilan ham e’tiborni tortmoqda.

Tarmoqda tarqalgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S27 Ultra qurilmasi butunlay yangi dizaynga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, insayderlarning xabar berishicha, yangi avlod flagmanida an’anaviy 3 karrali optik zum moduli bo‘lmasligi mumkin.

Yana bir taniqli insayder Ice Universe ham Galaxy S27 Ultra modeli avvalgi Galaxy S26 Ultra versiyasidan ayrim unchalik katta bo‘lmagan, biroq foydalanuvchilar uchun muhim bo‘lgan o‘zgarishlar bilan farq qilishini ta’kidlab o‘tgan. Ma’lumot uchun, ushbu xabarni tarqatgan Schrodinger (Phone Futurist) avvalroq Samsung Galaxy S26 Plus smartfonining xususiyatlarini aniq fosh etgan edi.

Shuningdek, u to‘rt tarafi egilgan ekranli yubiley iPhone konsepsiyasi haqida ilk bor xabar berib, keyinchalik bu ma’lumot boshqa manbalar tomonidan ham tasdiqlangan edi. Hozircha Samsung kelgusi flagmanlar turkumi ustidagi ishlarini davom ettirmoqda va texnologiya olami mutaxassislari kompaniyaning yakuniy qarorini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta'lim ekotizimini rivojlantirish to'g'risida taqdimot bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta'lim ekotizimini rivojlantirish to'g'risida taqdimot bilan tanishdi
O‘zbekistonda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘rgatish va raqamli ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur hayotga tatbiq etilmoqda. Bu haqda One.uz xabar
TexnologiyaKecha, 18:34
Ota-onalar farzandlarning baholarini my.gov.uz orqali ko‘rishi mumkin
Ota-onalar farzandlarning baholarini my.gov.uz orqali ko‘rishi mumkin
Endi ota-onalar farzandlarining maktabdagi baholari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali masofadan turib
TexnologiyaKecha, 09:56
O'zbekistonda Google Pay to'lov tizimi ishga tushirildi
O'zbekistonda Google Pay to'lov tizimi ishga tushirildi
O‘zbekistonda Google Pay elektron to‘lov tizimi rasmiy ravishda ishga tushirildi. Bu haqda 19 oktyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan tadbirda Google Cloud vakili Marsin
Texnologiya12:26, 19-10-2026
Telegram «News» bo‘limi «Added» va «For You» qismlariga bo‘linadi
Telegram «News» bo‘limi «Added» va «For You» qismlariga bo‘linadi
Telegram messenjeri yaqin kelajakda o‘z konsepsiyasini kengaytirib, ijtimoiy tarmoqlar ichidagi tavsiyalar algoritmini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Platforma
Texnologiya16:51, 16-10-2026
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Zamonaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan mobil telefonlar nafaqat aloqa vositasi, balki salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi manba hamdir. Mikrobiolog
Texnologiya23:39, 12-10-2026
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O‘zbekistonlik talabalar uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google
Texnologiya16:56, 12-10-2026